So’nggi yangiliklar

07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1

O'zbekiston kubogi. "Qo'qon-1912" - birinchi yarim finalchi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Qo'qon-1912" - birinchi yarim finalchi

Teglar :  Qo'qon-1912Qizilqum
O'zbekiston kubogining 1/4 finali doirasidagi "Qo'qon-1912" – "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv natijasini shu sahifada kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


O'yinning 2-daqiqasida Elguja Grigalashvili tezkor qarshi hujumda jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, Yusupov kuchsiz zarbani ushlab oldi. 3-daqiqada Jasur Hakimov jarima maydoni ichidan zarba berdi, xavfli lekin noaniq.

17-daqiqada Suhrob Berdiev jarima maydoni ichidagi pala partishlikdan so'ng gol urdi - 1:0.

Birinchi taymda boshqa gol urilmadi. 

50-daqiqada Oybek Rustamovnin bosh bilan yo'llagan zarbasini Jabborov qaytardi, qaytgan to'pga Hakimov ulgurmadi. 52-daqiqada Jasur Hakimov darvozabonni ham aldab o'tdi, biroq zarbani to'g'ri himoyachilarga yo'lladi.

67-daqiqada SHerali Jo'raev birga bir vaziyatga chiqib, raqib darvozasini ishg'ol etdi.. qanot hakami futbolchi o'yindan tashqari holatda ekanligini qayd etdi!

77-daqiqada Suhrob Berdiev dublga erishdi - 2:0. 

O'yinda "Qo'qon-1912" g'alaba qozonib yarim finalga chiqdi.


1/4 final. 18 sentyabr
"Qo'qon-1912" – "Qizilqum" 2:0
Hakamlar: 
Olim Tolibjonov, SHerzod Qamarov, Sardor Hakimov, Temur To'xtasinov.
Nazoratchi: Igor Nexochin.
Komissar: Bahodir Mirzaev
Gollar: Suhrob Berdiev 17, - 1:0. Suhrob Berdiev 77, - 2:0.
"Qo'qon-1912": 1.O'tkir Yusupov, 4.Bahodir Akramov, 5.G'iyos Komilov, 10.Javohir Sidiqov (78.Bexruz Sadilloev, 90), 15.Oybek Rustamov (55.Darko Gojkovich, 85), 17.Quvondiq Ro'ziev (38.Doston Meliqo'ziev, 85), 19.Suhrob Berdiev (11.Firdavs Asadov, 81), 22.Murod Xolmuhammedov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 65.Marko Milich, 70.Jasur Hakimov (96.Muhammadanas Hasanov, 61).
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 79.Iqbol Malikjonov.

"Qizilqum": 1.Erkin Jabborov, 5.Georgi Kvesieshvili, 10.Alisher Sanoev (23.SHerali Jo'raev, 55), 14.Fayzulla Qambarov, 17.Artur Gevorkyan (8.Akmal Rustamov, 29), 21.Muhsin Ubaydullaev (18.Samandar SHodmonov, 87), 30.Elguja Grigalashvili, 44.Mirjalol Qosimov, 50.Eldor Boymatov, 84.Nemanya Yovanovich (9.Humoyun Abdualimov, 57), 91.Salim Mustafoev (11.Doniyor Usmonov, 82).
Zaxira: 77.Evgeniy CHeremisin, 88.Ivan Nagaev, 98.Bekzod G'anijonov.

Ogohlantirishlar: Elguja Grigalashvili 34, Quvondiq Ro'ziev 51, SHerali Jo'raev 88, Mirjalol Qosimov 90+1.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика