So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  1 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  10 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  9 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  37 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" - "Xorazm" 4:0 Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" - "Xorazm" 4:0

O'zbekiston kubogi 1/16 finali doirasidagi "Paxtakor" - "Xorazm" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"PAXTAKOR" - "XORAZM" 4:0
Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Xolmat Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), Andrey Snetkov (Toshkent viloyati)
To'rtinchi hakam: Igor Xudoydotov (Toshkent)
Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent)

Gollar:
Jamshid Iskanderov (23), Kaxi Maxaradze (30), Igor Sergeev (69), Kozak (80)

"PAXTAKOR":
Lobanov, Merzlyakov, Krimec, Miladinovich, Hoshimov, Kozak, Maxaradze (S), Karimov, Andreev (Akbar Ismatullaev, 72), Iskanderov (Jaloliddin Masharipov, 63), Hakimov (Igor Sergeev, 52)
Zaxira: Tursunboev, Ismatullaev, Sergeev. Boltaboev, Soliev, Masharipov, Maxsitaliev

"XORAZM": 35 G'.O'daev 2 SH.Mannonov 3 M.Hoshimov 4 J.Masharipov (I.Xayrov, 74) 6 M.Abdullaev 8 R.Bayramov (O.Raimov, 83) 9 N.Norov (Sarvar Jumaniyozov, 66) 10 S.Baratov 14 J.Otajonov 17 Q.Nurmetov 11 A.Husinov
Zaxira: Zaxirada darvozabon yo'q 5.S.Ro'zmetov 7. M.Kurambaev 11.S.Jumaniyozov 12. O.Raimov 13. T.Masharipov 15. I.Xayrov

CHetlatish:
Marat Xoshimov (58)


Ushbu sahifa orqali o'yinning eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin.

Uchrashuv yakunlandi!

90` Uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

83`"Xorazm"da o'zgarish: Rinat Bayramov o'z o'rnini Olloyor Raimovga bo'shatib berdi.

80` GOOOOOOOOOOOL! Vladimir Kozak! Igor Sergeev raqib futbolchisini aldab o'tdi va to'pni Vladimir Kozakka qulay tarzda etkazib berdi. Kozak esa hisobni yanada yiriklashtirdi.

74` "Xorazm" tarkibida ham o'zgarish: Jamol Masharipov maydonni tark etdi. Uning o'rniga Ilyos Xayrov maydonga tushdi.

72` "Paxtakor"da o'zgarish: Stanislav Andreev o'rniga Akbar Ismatullaev tushirildi.

69` GOOOOOOOOOOL! Igor Sergeev! 3:0!

66` "Xorazm" tarkibida o'zgarish: Nizomjon Norov o'rniga Sarvar Jumaniyozov tushirildi.

63` "Paxtakor" tarkibida yana o'zgaritish bo'ldi. Jamshid Iskanderov o'rniga Jaloliddin Masharipov maydonga tushirildi.

58` "Xorazm" futbolchisi Marat Xoshimov hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Aynan nega chetlatilgani bizga qorong'u! Buni faqat hakam va futbolchining o'zi biladi.

52` "Paxtakor" tarkibida o'zgarish ruy berdi. Temur Hakimov o'z o'rnini Igor Sergeevga bo'shatib berdi.

50` "Paxtakor" ikkinchi bo'limni ham hujumkorlik bilan boshladi va gol kiritish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldi. Lekin ushbu vaziyatdan "sherlar" samarali tarzda foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi! Tanaffus!

34` "Paxtakor" raqibi darvozasi oldida tinmay hujumlar yog'rini yog'dirmoqda. Stanislav Andreevning qanotdan uyushtirgan "reydi" ijobiy yakunlanishi mumkin edi. Stasning yo'llagan zarbasi darvozabon qo'liga va keyin tusinga tegib qaytdi. "Paxtakor" o'zining uchinchi golini kiritishga juda yaqin qolgandi.

30` GOOOOOOOOL! Kaxi Maxaradze! "Paxtakor" sardori Kaxi Maxaradze jarima maydonchasi ichidan to'pni qabul qildi va chiroyli zarba bilan hisobni 2:0 ga keltirirdi.


23` GOOOOOOOOL! Jamshid Iskanderov! "Paxtakor"ning bu safargi uyushtirgan hujumi gol bilan yakunlandi. Aleksandr Merzlyakovning uzatib bergan to'pini Jamshid Iskanderov o'zining aniq zarbasini bilan "Xorazm" posbonini ranjitdi. 1:0!

16` "Paxtakor" hujum uyushtirdi. Kaxi Maxaradze ushbu tashkil qilingan kombinatcion hujumni chiroyli yakunlab qo'yishi mumkin edi. Ammo Kaxining bergan zarbasi darvoza oldidan o'tib ketdi.

10` O'yin mezbonlarning ustunligi ostida kechmoqda. "Xorazm" jamoasi ayni paytda o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan maydon markaziga ko'chira olishdi. Lekin mehmonlar o'z hujumlarini rivojlantira olishmayapti. "Paxtakor" himoyachilari ishonchli tarzda harakat qilishmoqda. "SHerlar"ning hujumlari soni biroz kamaygandek.

4` "Paxtakor" o'yinni juda faollik bilan boshladi va "Xorazm" darvozasi oldida bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. SHerzod Karimovning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan kuchli zarbasini G'ayrat O'daev ushlab oldi.

1` Uchrashuv boshlandi!


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика