So’nggi yangiliklar

15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  13 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2

O'zbekiston kubogi. "Neftchi" "Zirabuloq" darvozasiga javobsiz sakkizta gol urdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Neftchi" "Zirabuloq" darvozasiga javobsiz sakkizta gol urdi

Bugun Qirgulidagi “Neftchi” SK maydonida O'zbekiston kubogi 3-bosqichidan o'rin olgan “Neftchi”-“Zirabuloq” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv maydon egalarining faol hujumlari bilan boshlandi. Birinchi bo'lim 15-daqiqasida qanotdan etkazib berilgan to'pni mezbonlarning 11-raqamli futbolchisi Xamidullo Abduxamidov aniq zarba bilan “Zirabuloq” darvozasini ishg'ool qildi – 1:0. Orpadan ikki daqiqa o'tib yana o'sha Xamidullo Abduxamidov mehmonlar darvozasiga gol kiritdi – 2:0. Birinchi bo'lim so'ngi daqiqalarida mezbonlarning 19-raqamli futbolchisi Alisher Abduvoxidov mehmonlar darvozasiga uchinchi to'pni kiritdi – 3:0. Birinchi bo'lim shu hisob bilan yakuniga etdi.


Ikkinchi bo'limda “Neftchi” futbolchilari mehmonlar darvozasiga yana 5 ta gol urishga muvvaffaq bo'ldilar. Dastlab 65-daqiqada “Neftchi”ning 11-raqamli futbolchisi Xamidullo Abduxamidov raqiblari darvozasini ishg'ol etib, hisobni 4:0 ko'rinishiga keltirgan bo'lsa, 65-daqiqada Islombek Karimov penaltidan gol urib hisobni 5:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. 81-daqiqada yana Islombek Karimov “Zirabuloq” darvozasini ishg'ol qildi – 6:0. 85-daqiqada Xamidullo Abduxamidov o'zining o'yindagi 4-golni kiritdi 7:0. Uchrashib yakunlanib borayotgan pallada Islombek Karimov mehmonlar darvozasiga 8-to'pni kiritdi.
Uchrashuv shu tariqa mezbonlarning yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.



O'zbekiston kubogi. 3-bosqich
“Neftchi”-“Zirabuloq” 8:0 (3:0)
Gollar:
Xamidullo Abduxamidov, 15 (1:0) Xamidullo Abduxamidov, 17 (2:0), Alisher Abduvoxidov, 44 (3:0), Xamidullo Abduxamidov, 65 (4:0), Islombek Karimov, 76-pen.(5:0), Islombek Karimov, 81 (6:0), Xamidullo Abduxamidov, 85 (7:0), Islombek Karimov, 88 (8:0)
Hakamlar: SH.Nasibullaev, X.O'rolov, A. Saidov , M.Fozilov
Nazoratchi: I.Nexochin.
Komissar: J.Imomov
"Neftchi": 16. Xurshidbek Muxammadov, 2. Asilbek G'oyibjonov, 4. SHodiyor Xojimatov, 7. Islombek Toshpo'latov, 11. Xamidullo Abduxamidov, 13. Jamshid Qobulov, 14. Abdujalil Manazarov, 15.Mirjalol Nematov, 19. Alisher Abduvoxidov, 20. Dilyor Irmatov, 77. Islombek Karimov.
Zaxira: 1. Rasul Abdumo'minov, 10. Xurshidbek Asqaraliev, 17. Ilxom Vaxobov, 23. SHaxzodbek Usmonov, 25.Azizbek Muxtorov, 33.Doniyor Madaminov
“Zirabuloq”: 1.Rustam Toshturdiev, 4.Azizbek Nazarov, 7.Bobur Mirzo G'ofurov, 8.Nurbek SHomurodov, 9.Elbek SHomurodov, 11. Faxriddin Alimov , 15. Dilshod Isaqulov, 17.Javlonbek Omonqulov, 18.Otabek Karimov, 32.Murodjon SHamsiddinov, 33. Muzaffar Tog'aev.
Zaxira: 12. Muxammadjon Jabborov, 3.Fayozbek Temirov, 23.Farrux Salimov, 30.Baxrom Toshpo'latov.


Bekzod Tolibov tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика