So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" "Navbahor"ni mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" "Navbahor"ni mag'lub etdi va yarim finalga chiqdi

O'zbekiston kubogi chorak final doirasida "Navbahor" hamda "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

"NAVBAHOR" – "NASAF" 1:2 

Gollar: Stanoevich 16, Mahmudhojiev 90+5, Norchaev 107.
12 dekabr 2020 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 16:00
Hakamlar
: Zokir Qodirov, Ruslan Serazitdinov, Ruslan Samandarov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev 


"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 4.Ehsoni Panshanbe, 7. Azimjon Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 10.Azizbek Turg'unboev (70.Abbosjon G'ulomov 89), 18.Sardar Telyakov (5.G'iyosjon Komilov 89), 19.Mirzohid G'ofurov, 20. Davronbek Hoshimov (25.SHohruh Mahmudxojiev 82), 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov, 95.Zabihillo O'rinboev.

Zaxira: 23.Dilshod Hamraev, 8.Jovlon Ibrohimov, 11.Islomjon Isoqjonov, 28.Xurshidbek Muxtorov, 30.Abjujamol Isroilov, 33.Tohirjon SHamsiddinov.


"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 10.Bobir Abduxoliqov (19.Husayn Norchaev 80), 14.SHarof Muhitdinov, 15.Jo'rabek Mannonov, 20.Islom Kenjaboev ( 50.SHoxmalik Komilov 90+2), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov (17.Faysal Traore 117), 88.Marko Stanoevich (7.Dilshod Rahmatullaev 80), 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 13.Azamat Soyibov, 21.Mashhurjon Mahammadjonov, 18.Javohir Esonqulov, 70.Abubakrizo Turdaliev.

Ogohlantirishlar: Eshmurodov 59, Aliqulov 65, Nematov 93, Mahmudxojiev 116.

Ushbu sahifa orqali uchrashuvdan matnli translyaciya olib boriladi.


YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Nasaf" yarim finalda!

119. Mahmudxojievning zarbasini Nematov qaytardi. 

117. Bozorov o'rniga Traore maydonga tushdi.

116. Mahmudhojievga ogohlantirish.

111. "Nasaf" futbolchisiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.




107. GOOOL! Norchaev! Komilovning ajoyib uzatmasini Norchaev golga aylantirdi va "Nasaf"ni oldinga olib chiqdi! 

106. Ikkinchi ekstra-taym boshlandi!

105. Birinchi ekstra-taym yakunlandi!

95. Maydonni quyuq tuman qoplagan.

91. Qo'shimcha vaqtlar boshlandi! Kamida yana 30 daqiqa birgamiz!

Asosiy vaqt tugadi! Ekstra taym ko'ramiz!



90+5. GOOOL!!! SHohruh Mahmudxojiev jarimadan hisobni tenglashtirmoqda! Ajoyib gol!!!

90+4. "Nasaf" darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Ro'ziqul Berdiev asabiylashmoqda. O'yin hali tugamadi.  

90+3. Nematov o'yinni cho'zgani uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

90+2. "Nasaf"da Kenjaboev o'rniga Komilov o'yinni tugatib qo'yadi. 

90. Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

89. "Navbahor" safida Turg'unboev o'rniga G'ulomov, Telyakov o'rniga Komilov maydonga tushirildi.

89. Norchaeeev! Unda o'yinga nuqta qo'yish uchun imkon bo'lgandi. Ammo biroz omad etishmadi!

85. "Lochinlar" hujumda o'yin qoidasini buzishdi. 

82. "Navbahor" safida Hoshimov o'rniga Mahmudxojiev o'yinni yakunlab qo'yadi. 

81. Mezbonlarning jarima zarbasi orqali boshlagan hujumlari bartaraf etildi. Muxlislardan hushtakbozlik!

80. "Nasaf"da ikkita o'zgarish: Stanoevich o'rniga Rahmatullaev, Abduxoliqov o'rniga esa Norchaev o'yinni davom ettiradi.

79. Solovyovni yiqitishdi. Standart vaziyat.

77. "Navbahor" futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Yaxshi urinish. Ammo foydasiz.

69. Solovyovdan zarba! Ammo Nematov ushbu vaziyatda yaxshi harakat qilib, to'pni egallab oldi.

66. Turg'unboevning chap oyoqda bergan jarima zarbasi juda kuchsiz.

65. Husniddin Aliqulov raqibga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.

59. Umarbek Eshmurodovga sariq kartochka.

55. Zabihilloning bergan zarbasi noaniq.

53. Maydonda keskinlik. "Ajdarlar" standart vaziyatga ega bo'lishdi. Ammo hujum samarasiz yakunlandi.


49. Zarbaaa! Azim Ahmedovning bergan zarbasini "Nasaf" posboni qaytarib yubordi. 

46. "Navbahor" futbolchilari ikkini taymni hujum bilan boshlashdi. Ammo bu o'z samarasini bergani yo'q.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

TANAFFUS!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun vaqt qo'shmadi.

44. Qarshiliklar taym so'nggida yana oldinga o'tishdi. Ammo mezbonlar himoyachilari ushbu hujumni bartaraf etishdi. 

39. Havodan etkazib berilgan to'pni Nematov qaytarib yubordi. 

34. Golbanning jarimadan bergan zarbasi noaniq. Juda-juda noaniq.

31. "Navbahor" "bosmoqda"! Jamoa ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda!

28. Turg'unbovning uzoqdan bergan zarbasi biroz noaniq!

24. "Nasaf" to'p nazorati bo'yicha ustunlikni qo'lga olishga urinmoqda.

19. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng mezbonlar hujum tashkil etishmoqda.


16. GOOOL! Marko Stanoevich hisobni ochmoqda! Bobir Abduxoliqov maydon markazida Azim Ahmedovdan to'pni olib qo'ydi va oldinga borib, to'pni Marko Stanoevichga etkazib berdi. O'z o'rnida Stanoevich o'ng oyoq zarbasi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi!

9. "Navbahor" oldinga o'tmoqda.




6. Endi "Nasaf" futbolchilari oldinga o'tishdi. Xavfli vaziyat yuzaga kelgandi. Ammo hisob ochilmay qoldi.

3. Mezbonlar jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. Ammo bu o'z samarasini bermadi.

2. O'yin tempi juda yuqori!

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Namanganni quyuq tuman qoplagan, havo sovuq. Ammo shunga qaramay stadionda muxlislar ko'p.


O'yin soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика