So’nggi yangiliklar

19:53"Манчестер Сити" аъзоси Италияга йўл олмоқда — Here We Go!   1 19:36Breaking! "Бавария" Николас Жексон трансферини ижобий ҳал қилди  3 19:20Коло Муани "Тоттенхэм" футболчисига айланмоқда — Here We Go!  1 19:00CAFA Nations Cup. Эрон Ҳиндистон дарвозасига 3 та тўп киритди  7 18:41Расман: "Ливерпуль" футболчиси "Рома"га ўтди  0 18:23"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олмоқда  4 18:02Ҳусанов қанча муддатга сафдан чиққани маълум  6 17:39Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФА терма жамоалар бўлими раҳбари лавозимига қайтмоқда  40 17:28"Милан" ҳужумчиси "Рома"га ўтишга рози  2 17:10Абдуқодир Ҳусанов CAFA мусобақасини ўтказиб юборади  12 16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  2 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  4 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  7 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  57

O'zbekiston kubogi. Penalti belgilangan va qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Navbahor" "Andijon"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Penalti belgilangan va qizil kartochka ko'rsatilgan o'yinda "Navbahor" "Andijon"ni kichik hisobda mag'lub etdi

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Andijon" uchrashuvi yakunlandi.

"H" guruh

“Navbahor” – “Andijon” 2:1

21-aprel, yakshanba. 16:30. “Markaziy” stadioni.

Bosh hakam: Akobirxo'ja SHukurullaev

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, SHohruh Maqsudov

Zaxira hakami: G'ayrat Jo'raev

VAR hakami: Aziz Asimov

AVAR hakami: SHohruh Azamov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

Komissar: SHohruh Said

Gol: 1:0 — 20, Toma Tabatadze (penalti), 2:0 — 59, Yovan Jokich (Toma Tabatadze), 2:1 — 87, Armin Boshnyak.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov (s), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asadbek Sobirjonov (6. Ibrohim Yo'ldoshev, 79), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 22. Toma Tabatadze (21. Giorgi Nikabadze, 83), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Abror Ismoilov.

Zaxira: 21. Aleksandr Lobanov, 8. Siyavash Haqnazari, 19. SHerzodbek Abdulbo'riev, 24. Dostonbek Abdulhaev, 27. Ozodbek O'ktamov, 33. SHodiyor SHodiboev, 71. Navro'zbek Iminjonov.

"Andijon": 72. Igor Litovka, 5. Abdulvohid G'ulomov, 7. SHerzod Esonov (51. Luka Zgurski, 82), 8. Farhodbek Bekmurodov, 10. Ilhom Abdug'aniev (9. Levan Arveladze, 56), 13. Sardor Azimov, 15. Vladimir Bubanya (s), 17. Farhodjon Sohibjonov (31. Demir Imeri, 87), 28. Islombek Mamatkazin, 71. Bektemir Abdumannonov (94. Armin Boshnyak, 56), 77. Rustam Turdimurodov (14. Abdurahmon Komilov, 82).

Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 19. Suhrob Berdiev, 21. Ildar Mamatkazin, 66. Ilhomjon Alijonov.

Ogohlantirish: Ilhom Abdug'aniev (46), Bektemir Abdumannonov (51), Farruh Sayfiev (70), Vladimir Bubanya (89).

CHetlatish: Sardor Azimov (74)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

Bugungi o'yinga 11153 muxlis tashrif buyurdi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

87. Gol! "Navbahor" jarima maydoniga uzatilgan to'pni qabul qilib olgan Armin Boshnyak ikki himoyachini dog'da qoldirib, raqib posbonining oyoqlari orasidan to'pni o'tkazdi.

86. O'yinda kichik to'xtalish yuzaga keldi.

79. "Navbahor" tarkibida o'zgarish: Yo'ldoshev Sobirjonovni almashtirdi.

74. CHetlatish. Azimov "Navbahor" futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun dastlab sariq kartochka bilan jazolandi. Hakam VARni ko'rdi va sariq kartochkani bekor qilib, Azimovni maydondan chetlashtirdi.

70. Ogohlantirish. Sayfiev "Andijon" futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

67. Zarba. Hamrobekovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

59. Gol! Iskanderovning qanotdan uzatgan to'pi Tabatadze orqali Jokichga etib bordi. Mezbonlar futbolchisi esa "Navbahor"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi!


56. "Andijon" tarkibida ikki o'zgarish ro'y berdi.

55. Fol. Bekmurodov raqib futbolchisiga nisbatan qoida buzdi.

51. Ogohlantirish. Abdumannonov hakamga etiroz bildirgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

50. Zarba. Ismoilovning pasidan so'ng Jokich 15 metr masofadan to'pni to'xtatmasdan zarba yo'lladi, ammo uning yo'nalishi aniq bo'lmadi.

46. Ogohlantirish. Ilhom Abdug'aniev maydon markazida Abror Ismoilovni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Zarba. Islombek Mamatkazinning jarimadan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Zarba. Azimovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini O'tkir Yusupov egallab oldi.

38. Abdumannonov chap qanotdan katta tezlikda oldinga bordi va jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi. Yusupov to'pni egallab oldi.

37. Zarba. "Navbahor" futbolchisining yaqin masofadan yo'llagan zarbasini G'ulomov oyoqlari bilan qaytardi.

35. Zarba. Burchakdan uzatilgan to'pga Bubanya bosh bilan zarba yo'lladi, darvoza chizig'i ustida turgan Boltaboev bosh bilan to'pni qaytardi.

34. Fol. Ismoilov Turdimurodovni yiqitdi.

31. Fol. Maydon markazida "Andijon" futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi.

29. "Navbahor"ning hujumidan so'ng to'p Sobirjonovga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

23. Zarba. Abdulvohid G'ulomovning 30-35 metrlardan yo'llagan jarima zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

20. GOL! Toma Tabatadze 11 metrli nuqtadan "Andjion" darvozasining markaziga aniq zarba yo'lladi!


18. Penalti. "Andijon" darvozasiga penalti belgilandi. Abror Ismoilovni Ilhom Abdug'aniev o'z jarima maydoni ichida qoidabuzarlik bilan to'xtatdi.

12. Zarba. Iskanderovning jarimadan uzatgan to'pi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

10. Fol. Esanovga nisbatan qoidabuzarlik ishlatildi.

5. "Navbahor" raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo Tabatadze hujumda qoidabuzarlik sodir etgani uchun gol inobatga olinmadi.

3. Zarba. Jamshid Boltaboevning qanotdan uzatgan to'pi "Andijon" darvozasi yuqorisidan o'tib ketdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

"Navbahor" ko'k, "Andijon" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика