So’nggi yangiliklar

16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  1 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  8 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  4 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  7 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0 13:50Instagram орқали мураббий излаётган Ҳиндистон Хавига рад жавобини берди  12 13:22Андреа Пирло Дубай жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  3 12:54"Алавес" "Барселона" тарбияланувчиси трансферини эълон қилди  3 12:25"Шўртан" 7 нафар футболчиси билан шартномани бекор қилди  2 11:57"Эвертон" мухлисларини АҚШдаги эксклюзив очиқ машғулотга таклиф қилди  0 11:22Сегунда клуби 6 ойда 20 000 томошабинга мўлжалланган вақтинчалик стадион қурди  9 10:53Англия терма жамоаси аъзоси "Арсенал"га ўтмоқда  4

O'zbekiston kubogi. Muxlislar rekordini bilasizmi? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Muxlislar rekordini bilasizmi?

Ertaga o'tkaziladigan mamlakat kubogining hal qiluvchi bahsi haqida malumot berishda davom etamiz.

Mazkur o'yinga Namangan va Qarshidan ishqibozlarning ulkan oqimi kutilyapti. Buxoro aholisi ham katta futbolni sevishini inobatga olsak,  stadion to'lsa kerak. 

Finallar tarixiga murojaat qilib, eng ko'p muxlis yig'gan “jang”lar reytingini shakllantirdik:

Bu boradagi eng yaxshi natija 30 ming kishini tashkil qilgan. Ushbu rekord 2000 yil “Paxtakor” stadionida o'tkazilgan “Do'stlik” hamda “Dinamo-Samarqand” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda o'rnatilgan.

Oradan 17 yil o'tib, “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qilgan poytaxt derbisiga yana shuncha odam “to'plandi” (Oliy o'quv yurtlari yordamida).

Keyingi pog'onaga 2009 yilgi final yozilgan. Stanislav Andreevning goli “Bunyodkor”ni mag'lub qilgan bahsda “Paxtakor”ga 27 543 kishi yig'ilgandi.

“Paxtakor” va “Neftchi” o'rtasida 2001-2002 yillarda o'tkazilgan ikkala finalda ham roppa-rosa 25 minglik auditoriya yig'ilgan. 

Bu boradagi antirekord 2020 yil Namanganda qayd etilgandi. AGMK va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga atigi 3,5 ming tomoshabin tashrif buyurgan.

Malumot uchun, juda noqulay ob-havoda o'tib, tarixga “loy jangi” sifatida kirgan “Quruvchi” — “Paxtakor” o'yiniga ham 3 karra ko'proq muxlis tushgan.

❗"Buxoro" sport majmuasi o'z bag'riga 25 mingga yaqin tomoshabinni sig'dira oladi. Final chiptalarini toifasiga qarab 25 mingdan 70 ming so'mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика