So’nggi yangiliklar

18:30"Сурхон" россиялик футболчиси билан келишувини 2 йилга узайтирди  0 18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  2 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22

AGMK mehmonda "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi Yangiliklar

AGMK mehmonda "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi

O'zbekiston kubogining nimchorak finalidan o'rin olgan "Lokomotiv" - AGMK uchrashuvi yakunlandi .

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


O'zbekiston Coca Cola kubogi. 1/8 final
LOKOMOTIV - AGMK 0:3
8 dekabr 2020 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 14:00

Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gol: 22 - Mate Vatsadze 0:1,  59 - Jaloliddin Jumaboev (avtogol ) 0:2, 64 - Bahrom Abdurahimov 0:3

"Lokomotiv" (4-3-3) — 35.Javohir Ilyosov - 28.SHuhrat Muhammadiev, 80.Farruh Ibrohimov, 52.Jaloliddin Jumaboev, 37.SHerzod Fayziev(3.Jahongir Abdumo'minov,73) - 7.Kaxi Maxaradze, 8.Vadim Afonin ( 25.Javohir Alijonov,62), 20.G'ulomhaydar Gulyamov - 77.Diyor Turopov, 10.Marat Bikmaev(9.Kirill Pogrebnyak,62), 14.Aziz Amonov (19.Avazbek O'lmasaliev, 73).
Zaxira: 14. Rustam Nartadjiev, 4.SHahzod SHaymanov, 17.Saveliy Abramov, 26.Dilshod Komilov, 70.SHohjahon Qilichev.

AGMK (4-3-3) — 35.Valijon Rahimov - 2.Akmal SHorahmedov, 44.Bobur Yo'ldoshev( 30.Jasur Umarov, 81), 3.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (4.Mirjamol Qosimov, 74), 18.Bahrom Abdurahimov(5.Dilshod Jo'raev, 86 ) - 94.Husniddin G'ofurov (77.Arslonmirat Amanov, 81) 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 74), 7.Elguja Grigalashvili.
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov,  10.SHahzod Nurmatov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 31.Saydullo Rahmatov.

Ogohlantirish: Javohir Ilyosov - 30, G'ulomhaydar Gulyamov  72, Bobur Yo'ldoshev - 78

YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

87. O'zgarish. Abduraximovning o'ringa Jo'raev maydonga tushmoqda

85. ZARBAAAA,. Pogrebnyak jarimadan uzatilgan to'pni boshi bilan yo'lladi, biroq noaniq

81. O'zgarish: Arslanmurat Amonov Xusniddin G'ofurovning o'rniga, Yo'ldoshevning o'ringa esa Umarov maydonga tushdi

78. Ogolantirish. Bobur Yo'ldoshev hakam tomonidan ogohlantirildi

74. O'zgarish: Sanjar Tursunov va Mate Vatsadzening o'rniga Zafar Polvonov va Mirjamol Qosimov maydonga tushdi

73. O'zgarish: SHerzod Fayziev va Aziz Amonov o'rniga Avazbek O'lmasaliev va Jahongir Abdumo'minov

72. Ogohlantirish. G'ulomhaydar Gulyamov ogohlantirildi

66. UXXXXXX. Fayziev jarima maydonchasining ichidan yaxshi zarba yo'lladi, biroq Valijon o'z o'rnida

«Lokomotiv» himoyachilar o'z maydonlarida qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Bahrom darvozabon bilan birga bir chiqib, jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi


64. GOOOOOOOOOL. Bahrom Abdurahmonov hisobni yirik ko'rinishga keltirdi

62. O'zgarish. Marat Bikmaev va Vadim Afonin maydoni tark etdi, Ularning o'rniga Kirill Pogrebnak va Javohir Alijonov maydonga tushdi

61. ZARBAAAA. Marat uzoqdan zarba yo'lladi, biroq noaniq 

Burchakdan oshirilgan to'pga raqib futbolchisi zarba berdi. Ilyosov to'pni qaytargandi. To'p Jumaboevga tegib darvozaga kirib ketdi.


59. GOOOOOOOOOOOL. Jumaboev o'z darvozanini ishg'ol qilib qo'ydi

57. YAXSHI IMKONIYAT. Turopov burchakdan uzargan to'piga Jaloliddin Jumaboev boshi bilan zarba yo'lladi, biroq biroz noaniq

53. ZARBAAAAA. Abduraximov jarima maydonchasiga kirib kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p ustunga tegib qaytdi

49. ZARBAAA. Xusniddin G'ofurov kuchli va aniq zarba yo'lladi, biroq Ilyosov o'z o'rnida

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Uchrashuvning birinchi bo'limiga bir daqiqa qo'shib berildi

41. Uchrashuvda to'xtalish. Bobur Yo'ldoshev jarohat olib, maydonda yotibdi

31. ZARBAA. G'ofurov jarima zarbasini amalga oshirdi, biroq to'p to'g'ri Javohirning qo'liga borib tushdi

30. Ogohlantirish. Ilyosov darvozani tashlab chiqib hujumni bartaraf etmoqchi edi, biroq u G'ofurovni yiqitdi va ogohlantirildi



28. SUPER SEYF. Amanov qanotdan yorib kirib, Turopovga uzatmani amalga oshirdi. Turopovning yaqin masofadan boshi bilan bergan zarbasinini Valijon Rahimov bartaraf etdi

G'ofurov qanotdan to'pni uzatdi, Ilyosov esa to'pni qaytarishda juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va to'p to'g'ri mehmonlar futbolchiga kelib tushdi. Vatsadze esa bo'sh qolgan darvozani qiyinchiliksiz ishg'ol qildi


22. GOOOOOOOOL. Vatsadze hisobni ochdi

21. ZARBAAA. Diyor Turopov raqib jarima maydonchasiga yaxshi kirib borib zarba yo'lladi, biroq darvozabon o'z-o'rnida

15. YAXSHI IMKONIYAT. AGMKning bir yo'lla uch futbolchisi bitta himoyachiga qarshi qoldi. G'ofurov jarima maydonchasining ichidan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p jamoadoshi Vatsadzega tegib qaytib ketdi

14. ZARBAAAA. Ilyosov hujumni bartaraf etish uchun jarima maydonchasini tark etib boshi bilan zarba berdi, to'p to'g'ri Jokichga kelib tushdi va zarba yo'lladi, zarbani esa Javohir ushlab olishga erishdi

10. Uchrashuvning dastlabki o'n daqiqasi yakunlandi. Hozircha AGMK jamoasi raqib jarima maydonida kuchli pressing qilishga harakat qilmoqda

4. Bu safar Elgujaning o'zi darvozabon bilan birga bir chiqishi mumkin, edi, biroq mezbonlar darvozaboni yaxshi harakat qilib to'pni qaytarib yubordi

1. ZARBAAAAA. Elguja Vatsadzeni darvozabon bilan birga bir chiqarib yubordi, biroq Ilyosov o'z o'rnida

Uchrashuv boshlandi

- Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика