So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

O'zbekiston kubogi finallaridan super statistika. Soliev to'purar, CHeran va To'raev yagona, Nesterov rekordchi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi finallaridan super statistika. Soliev to'purar, CHeran va To'raev yagona, Nesterov rekordchi

20 dekabr kuni Namanganda O'zbekiston kubogining 28-finali bo'lib o'tadi. O'quvchilarimiz etiboriga oldingi 27ta final statistikasini taqdim etamiz.

Hozirga qadar bo'lib o'tgan 27ta finalda jami 15ta klub ishtirok etgan. Eng ko'p finalda o'ynagan jamoa "Paxtakor" - 15 marta. "Bunyodkor"da 9ta, "Neftchi"da 7ta final bor.

Finalga chiqqan 7ta klub kubokni umuman qo'lga kirita olmagan. "Temiryo'lchi", "Traktor", MHSK, "SHo'rtan", "Yangier", "Mashal" va "Dinamo".

Finalda eng ko'p yutqazgan klublar bu "Neftchi", "Nasaf" va "Bunyodkor". Bu klublar hal qiluvchi bahslarda 5 martadan imkoniyatni boy berishgan.

"Lokomotiv" klubi uch marta finalda o'ynagan va uch marta g'alaba qozongan. Qizig'i "Temiryo'lchilar" bu o'yinlarning barchasida 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan. Yani umuman gol o'tkazishmagan! Bir marta finalga chiqqan "Temiryo'lchi" klubi ham gol o'tkazmagan.



Finalda maydonga tushish bo'yicha uch futbolchi rekordchi hisoblanadi. Ignatiy Nesterov, Timur Kapadze va Anvar Soliev mamlakat kubogi finallarida jami 11 martadan maydonga tushishgan. Server Jeparov va Jasur Hasanov hisobida 8tadan final bor. Gochguli Gochguliev, Akmal Xolmatov, Asror Aliqulov va Anvar G'ofurov 7tadan finalda maydonga tushishgan.

Lutfulla To'raev O'zbekiston kubogi finalida turli 5ta klub safida o'ynagan yagona futbolchi hisoblanadi. Boshqa hech bir o'yinchi bunchalik ko'p klub tarkibida finalda to'p tepmagan. To'raev "Mashal", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va AGMK safida finallarda o'ynagan.

O'zbekiston kubogi finallarida eng ko'p golni Anvar Soliev urgan. Sobiq hujumchi 11ta finalda raqiblari darvozasiga jami 5ta gol urishga erishgan. Leonid Koshelev esa 5ta o'yinda 4ta to'p kiritgan. Dragan CHeran hisobida 3ta gol bor. Umuman olganda kubok finalida jami 48 nafar futbolchi kamida bitta gol urishga erishgan.



Dragan CHeran kubok finalida xet-trikka erishgan yagona futbolchi hisoblanadi. Anvar Soliev, Leonid Koshelev, Andrey Akopyanc, Aleksand Pishur, Yovan Jokich, Jafar Irismetov, Irakli Klimiashvili va Gochguli Gochguliev finalda dubl rasmiylashtirishgan.

Ignatiy Nesterov finallarda eng ko'p o'ynagan darvozabon hisobalandi - 11ta o'yin. SHundan 6tasida posbon o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan va jami 10ta gol o'tkazgan. Finalda eng ko'p golni 4ta o'yinda maydonga tushgan "Neftchi" posboni Georgiy Zabirov o'tkazgan - 13ta gol.

27ta finalni 15 nafar hakam boshqargan. SHundan ikki nafari xorijlik hakamlar. 2014 yilgi finalda koreyalik Kim Dong Jin, 2017 yilgi finalda amirlik Muhammad Abdulla Hasan ishlagan. Finalda ishlash bo'yicha rekordchi Ravshan Ermatov hisoblanadi - 5ta o'yin. Gali Imomov va Noil Lutfullin hisobidan 4tadan final bor. Zokir Qodirov O'zbekiston kubogi finalini boshqargan hisob bo'yicha 16-hakam bo'ladi.

Mamlakat kubogi finallarida jami 12 marta qizil kartochka ko'rsatilgan. Ilhom Suyunov, Xayrulla Karimov, Farhod Magometov, Ulug'bek Ro'zimov, Baxtiyor Ashurmatov, SHuhrat Rahmonqulov, Rustam Do'rmonov, Jasur Hasanov, Ixeruome Uche, Islom To'xtaxo'jaev, Aziz Haydarov va Akrom Komilov hal qiluvchi bahsda maydondan chetlatilgan.



Finallarda jami 6ta penalti belgilangan va ularning barchasi golga aylangan. Azamat Abduraimov, Gochguli Gochguliev, Jahongir Jiyamurodov, Ismoil Gonsalvesh, Yovan Jokich va Dragan CHeran finalda penaltidan gol urishgan.

Hal qiluvchi bahsda 3ta avtogol qayd etilgan. Etiborlisi "Neftchi" sobiq futbolchisi Sergey Lebedev ikki marta avtogol qayd etgan va o'sha ikkala avtogol 2002 yilgi finalda qayd etilgan. Yana bir avtogol 2015 yilda "Nasaf" himoyachisi SHerzod Azamov hisobiga yozilgan. Malumot uchun, Azamov O'zbekiston kubogi finalida bitta o'yinda ikkala jamoa darvozasiga gol urgan yagona futbolchi hisoblanadi.

Ayni paytda "Paxtakor" va AGMK safida o'ynayotgan futbolchilar orasida finallarda eng ko'p maydonga tushganlar - Farruh Sayfiev va Akmal SHorahmedov (6tadan final). Biroq Sayfiev diskvalifikaciya tufayli bu yilgi finalni o'tkazib yuboradi.

Bugungi kunda "Paxtakor" va AGMK tarkibida faoliyat olib borayotganlar orasida uch futbolchi oldingi finallarda to'p kiritgan: Dragan CHeran, Yovan Jokich, SHerzod Azamov.

Namangan O'zbekiston kubogi finalini qabul qilgan hisob bo'yicha oltinchi shaharga aylanadi. Bungacha hal qiluvchi bahslar Toshkent, Samarqand, Jizzax, Olmaliq va Farg'ona kabi shaharlarda o'tkazilgan.

Namangandagi "Markaziy" stadion finalni qabul qiladigan to'qqizinchi o'yingoh bo'ladi. Oldingi 27ta final "Paxtakor", MHSK, "Bunyodkor", "Lokomotiv" (barchasi Toshkent), "Dinamo" (Samrqand), "So'g'diyona" (Jizzax), "Istiqlol" (Farg'ona) va OKMK (Olmaliq) kabi stadionlarda bo'lib o'tgan.



OKMK

O'zbekiston kubogi. 4-tur

20/12/2020, 15:00

3
:
0
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 28', Dragan CHeran - 46', Jaloliddin Masharipov - 59'

45'
90'
46'  Murodjon Toshmatov (Saidullo Rahmatov)
62'  Mate Vatsadze (Zafar Polvonov)
62'  Elguzha Grigalashvili (Arslanmirat Amanov)
74'  Dilshod Jo’rayev (Mirjamol Qosimov)
74'  Bahrom Abdurahimov (Jasur Umarov)
28'  Dragan CHeran
28'  Dostonbek Hamdamov
46'  Dragan CHeran
46'  Jaloliddin Masharipov
59'  Jaloliddin Masharipov
72'  Dostonbek Hamdamov (Xojimat Erkinov)
72'  Abror Ismoilov (Sardor Sobirxo’jayev)
83'  Dragan CHeran (Javohir Sidiqov)
89'  Akrom Komilov (Vladimir Kozak)

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика