O'zbekiston Kubogi finalida jamoalar qanday rangdagi liboslarda o'ynashiga aniqlik kiritildi
17 okt 14:32
Yangiliklar


O'zbekiston Kubogi finalida jamoalar qanday rangdagi liboslarda o'ynashiga aniqlik kiritildi
O'zbekiston Kubogi va Superkubogi reglamentining 5.1-bandida Kubok musobaqasining 1/2 finalida g'olib chiqqan ikki jamoa orasidan o'tgan mavsum Superliga yoki Pro ligadagi ishtiroki nisbatan yaxshiroq bo'lgani avtomatik ravishda final uchrashuvining nominal mezboniga aylanishi qayd etilgan.
Shundan kelib chiqqan holda Liga final o'yini uchun chiptalar, afishalar, anons va posterlarda "Paxtakor" klubini mezbon sifatida aks ettiradi. Final neytral maydonda tashkil etilayotganini inobatga olgan holda, unda jamoalar harakat qiladigan liboslar rangi Liga tomonidan belgilab olindi.
29 oktyabr kuni "Paxtakor" klubi o'zining to'q ko'k rangdagi, "Buxoro" esa to'liq oq rangdagi liboslarida maydonga tushadi. "Paxtakor" darvozaboni qizil, "Buxoro" posboni esa yashil rangli libosda harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar