O'zbekiston kubogi finali mezboni va sanasi malum
19 okt 2023 21:31
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi finali mezboni va sanasi malum
Bugun O'zbekiston kubogining hal qiluvchi bosqichida ishtirokchilari aniq bo'ldi.
Musobaqa kubogi uchun "Nasaf" va OKMK klublari bellashadi. Mazkur uchrashuv 12 noyabr kuni Qarshi shahridagi "Markaziy" o'yingohida o'tkaziladi.
"Ajdarlar" o'yinda rasmiy mezbon sifatida maydonga tushadi.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" o'z tarixida 9-marta, shu bilan birga, ketma-ket 3-marta final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
OKMK esa o'z tarixida 4-marta hal qiluvchi bosqichga etib keldi. Olmaliqliklar so'nggi bor 3 yil muqaddam finalda ishtirok etgandi.
Yarim finalda yutqazgan "Navbahor" o'tgan yil shu bosqichda penaltilar seriyasida "So'g'diyona"ni mag'lub etgandi, joriy yil aynan "lotoreya"da imkoniyatni boy berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar