O'zbekiston kubogi finali 30 noyabr kuni Samarqandda bo'ladi
03 noy 2016 14:05
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi finali 30 noyabr kuni Samarqandda bo'ladi
Bu yilgi O'zbekiston kubogi final uchrashuvi qaerda bo'lishi malum bo'ldi.
PFL hal qiluvchi o'yinni Samarqand shahridagi "Dinamo" stadionida bo'lib o'tkazishga qaror qildi. Final 30 noyabr kuni soat 13:00da boshlanadi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi. Hozircha finalga Qarshining "Nasaf" klubi chiqib bo'lgan. Ikkinchi finalchi nomi "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'rtasidagi yarim final bahslaridan so'ng aniqlanadi.
So'nggi yillarda PFL kubok finalini Toshkent shahrida emas viloyatlarda o'tkazmoqda. 2014 yilda final Olmaliqda, 2015 yilda esa Jizzaxda bo'lib o'tgandi.
Fikrlar