O'zbekiston kubogi. Finaldan oldin "Paxtakor"da yo'qotish
16 dek 2020 15:15
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi. Finaldan oldin "Paxtakor"da yo'qotish
Bugun O'zbekiston kubogi yarim finali doirasida "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"SHerlar" chap qanot himoyachisi Farruh Sayfiev uchrashuvning 45-daqiqasida ogohlantirildi. Himoyachi chorak finalda "Qizilqum" bilan bahsda ham sariq kartochka olgandi. SHu tariqa, Sayfiev finalni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuboradi.
Bugun yarim finalni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan Egor Krimec esa finalda maydonga tusha oladi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" finalda AGMK - "Nasaf" juftligi g'olibiga qarshi o'tkazadi. Final 20 dekabr kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar