So’nggi yangiliklar

21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  0 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  1 20:30"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  0 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   0 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  12 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  5 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  6 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" "Neftchi"ni mag'lub etib yarim finalga chiqdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" "Neftchi"ni mag'lub etib yarim finalga chiqdi

Teglar :  BunyodkorNeftchi
O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Bunyodkor" - "Neftchi" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning 20-daqiqasida Alisher SHog'ulomov o'tkir burchakdan kuchli zarba berdi, Zuhurov to'pni ushlab oldi. Oradan besh daqiqa o'tgach Dostonbek Hamdamovning zarbasi noaniq ketdi.

Bahsning 36-daqiqada Ahmadaliev SHog'ulomovni yiqitgani uchun bosh hakam mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pini Muzaffar Muzaffarov aniq bajardi - 0:1.

Hakam tomonidan qo'shilgan daqiqada Komilovning havodan uzatgan to'pini Vadim CHemirtan boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Birinchi taym tugadi, hozircha 1:1.

Uchrashuvning 58-daqiqasida Dostonbek Hamdamov gol urib "Bunyodkor"ni oldinga olib chiqdi - 2:1. Oradan ko'p o'tmay Otabek SHukurov jarima maydoni tashqarisidan chiroyli gol urishga erishdi - 3:1.

78-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan SHerzod Hakimov qo'lini shikastlab oldi va maydonni tark etdi. Boshqa o'zgarish qolmagani uchun farg'onaliklar o'yinni bir kishi kam bo'lib tugatib qo'yishadi.

Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va "Bunyodkor" yarim finalga yo'l oldi.


O'zbekiston kubogi-2017
1/4 final. Javob uchrashuvi
"BUNYODKOR" - "NEFTCHI" 3:1
Hakamlar:
V.Kovalenko (Toshkent), A.Snetkov (Yangiyo'l), M.Saidqosimov (Toshkent), D.Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov (Samarqand)

Gollar: Muzaffar Muzaffarov 37 penalti, - 0:1. Vadim CHemirtan 45+1, - 1:1. Dostonbek Hamdamov 58, - 2:1. Otabek SHukurov 69, - 3:1.

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov (S), 3.Islomjon Qobilov, 4.Akramjon Komilov, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.SHahzodbek Nurmatov (15.Farruh Ikromov, ), 11.Vadim CHemirtan, 17.Dostonbek Hamdamov, 21.Dilshodbek Ahmadaliev, 29.Otabek SHukurov, 44.Mirjamol Qosimov (28.Davronbek Umirov, )
ZAXIRA: 32.Suhrobjon Sultonov, 14.Vohid SHodiev, 18.Sardor Sobirxo'jaev, 22.SHoxruh Gadoev, 30.Xurshid G'iyosov

"Neftchi": 1.O'tkir Yusupov, 3.Dostonbek Tursunov, 4.Kamronbey Kapadze, 17.Muzaffar Muzaffarov, 20.Dilyorbek Irmatov, 21.Muxsinjoy Ubaydullaev (29.Timur Hakimov, 56), 23.Abdurahmon Abdulxaqov, 24.Abdujamol Isroilov, 70.Mansur Saidov (10.Mo'ydinjon Mamazulunov, 72), 71.Alisher SHog'ulomov, 99.Otabek Haydarov (9.SHerzod Hakimov, 59)
ZAXIRA: 16.Abdumavlon Abdujalilov, 32.Murod To'ychiboev, 56.Rizo Ayvazov, 95.Avazbek O'lmasaliev

Birinchi o'yin: 2:1

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика