O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" 31 iyul kuni "Dinamo" bilan o'ynaydi
27 iyu 2017 20:57
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/267105_original.jpg)
![](/upload/storage/267105_220.jpg)
O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" 31 iyul kuni "Dinamo" bilan o'ynaydi
Bugun O'zbekiston kubogi chorak final javob uchrashuvi bo'lib o'tdi.
"Bunyodkor" ikkinchi uchrashuvda ham "Neftchi"ni mag'lub etib (3:1) yarim finalga chiqdi. Farg'onadagi ilk o'yinda "qaldirg'ochlar" 2:1 hisobida zafar quchishgandi.
Yarim finalda Qosimov shogirdlari Samarqandning "Dinamo" klubiga qarshi o'ynashadi. Dastlabki uchrashuv 31 iyul kuni Toshkentda o'tkaziladi.
Ikkinchi yarim final juftligi esa ertaga bo'lib o'tadigan Lokomotiv - Buxoro hamda Qo'qon-1912 - Nasaf uchrashuvlaridan so'ng malum bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
22:50
Parij-2024. O'zbekiston - Ispaniya 1:2, SHomurodov tarixiy gol urdi, Nematov penaltini qaytardi 5
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar