So’nggi yangiliklar

18:00Ўзбекистон кубоги. Финал. "Навбаҳор" - "Андижон" 1:0 (матнли трансляция)  67 17:32"Барселона" дарвозабони ҳалиям чекиб турар экан  4 16:03"Навбаҳор" - "Андижон". Асосий таркиблар билан танишинг  11 15:30"Кристал Пэлас" - "Ливерпуль". Таркиблар эълон қилинди  3 15:25БАА Ўзбекистонга қарши баҳс учун терма жамоага чақирилган футболчилар рўйхатини эълон қилди  6 14:57Лукаку уни терма жамоага чақиришларини хоҳламаяпти  0 14:22Фаррух Турдалиев: “Андижон” мухлисларини "Боруссия" мухлисларига ўхшатдим"  2 14:16Абдумажид Тоиров: “Икки жамоа ўртасидаги кураш финал йўлланмаси ҳал қилинган кунданоқ бошланган”  0 13:57"Пахтакор" - "Динамо" учрашувини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  7 13:28Пеп Гвардиола АПЛ қароридан норози  11 13:20Бугун Ўзбекистон Кубоги финалида ишлайдиган ПФЛ вакили келаси йил ОФКда иш бошлайди  4 12:46Ўзбек ва жаҳон футболи ҳамда футзали юлдузлари ўртасида баҳс ўтказилди  4 12:14"Ювентус" майдонга тушмай маош олаётган юлдуздан қутилмоқчи  2 11:50"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 8 ёшли Умарбеков Бурхон  0 11:16Мурод Исмоилов: “Финалда қайси жамоа ғалаба қозонса ҳам якунда футбол ютади”  0

O'zbekiston kubogi. "Andijon" tarixiy oqshomda "Surxon"ni mag'lub etib finalga chipta qo'lga kiritdi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Andijon" tarixiy oqshomda "Surxon"ni mag'lub etib finalga chipta qo'lga kiritdi

Teglar :  AndijonSurxon
O'zbekiston kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Andijon" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Kubogi

1/2 final

"Andijon" – "Surxon"  0:0 (penaltilar seriyasi 5:4)

30 avgust. Andijon. "Bobur Arena". 19:00

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Qanot hakamlari: Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov

Zaxira hakami: G'ayrat Jo'raev 

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Ruslan Serazitdinov 

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Qudrat Madraimov

"Andijon": 1. Eldor Adhamov, 5. Abduvohid G'ulomov, 9. Levan Arveladze (8. Farhodbek Bekmuratov,84), 10. Ilhomjon Abdug'aniev (18. Damir Temirov, 68), 14. Abdurahmon Komilov, 17. Farhod Sohibjonov (13. Sardorbek Azimov,84), 21. Ildar Mamatkazin, 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islombek Mamatkazin, 71. Bektemir Abdumannonov (99. SHahrom Samiev, 68), 77. Rustam Turdimurodov (3. Lyubisha Pechel, 106)

Zaxira:  12. Mohirbek Komilov,  11. Vagiz Galiulin,  15. Vladimir Bubanya, 6. Ilhomjon Alijonov, 

"Surxon": 86. Davron Merganov ( 25. Maksim Murkaev, 120), 2. Boburjon Asqarov (8. Humoyun SHerbo'taev,66), 4. Nodirxon Nematxonov, 5. Jamoliddin Xojaniyozov, 7. Dostonbek Tursunov, 10. Dmitriy Pletnyov (15. Diyor Ramazonov,106), 11. Abdug'ofur Haydarov, 17. Jahongirbek Abdusalomov, 22. Javohir Jo'raev (77. Asadbek Karimov, 66) (  9. Tamerlan Jamalutdinov, 120), 27. Asilbek Jumaev, 66. Behruz SHaydulov (23. Egor Krimec, 80)

Zaxira: 6. Behzod SHamsiev, 19. Muhammad-Ali Abdurahmonov,  88. Mirjalol Abdumutalov

Ogohlantirish: Ilhom Abdug'aniev ("Andijon") 11, Javohir Jo'raev ("Surxon") 22, Doston Tursunov ("Surxon") 81, Abdug'ofur Haydarov ("Surxon") 105

MATNLI TRANSLYACIYA



Penaltilar seriyasida "Andijon" 5:4 hisobida yutdi. 

Uchrashuv yakunlandi. Navbat penaltilar seriyasiga. 

120. O'ZGARISH. "Surxon", Davron Merganov o'rniga Maksim Murkaev tushdi. 

116. "Andijon" qarshi hujumda imkoniyatdan foydalana olmadi. Zarbalar noaniq ko'rinish olyapti.

106. O'ZGARISH. "Surxon", Dmitriy Pletnyov o'rniga Diyor Ramazonov tushdi. 

106. O'ZGARISH. "Andijon", Muhammadkarim Toirov o'rniga Vagiz Galiulin, Rustam Turdimurodov o'rniga Lyubisha Pechel tushdi.

Ikkinchi ekstra-taym boshlandi. 

105. OGOHLANTIRISH. "Surxon", Abdug'ofur Haydarov

94. "Surxon" burchakdan to'pni o'yinga kiritayotgan paytda jarima maydonchasida mehmonlar futbolchisi Jamaliddin Xojiniyozov yiqitildi va hakam VARda vaziyatni ko'rib o'yinni davom ettirishni buyurdi. 

93. ZARBAA. SHerbo'taev kuchli zarba yo'lladi, uning zarbasini darvozabon qaytardi. 

Birinchi ekstra-taym boshlandi. 

Uchrashuvning asosiy daqiqasi yakunlandi. Ekstra taymlar ko'ramiz. 

90+6. ZARBA.Mezbonlar himoyachisi Islom Mamatkazin so'nggi daqiqalarda oldinga o'tdi va zarba berdi. Noaniq.

90+6. ZARBA. "Surxon" futbolchisi Asilbek Jumaevning zarbasini darvozabon qaytardi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

84. O'ZGARISH. "Andijon",  Levan Arveladze o'rniga Farhod Bekmurotov, Farhod Sohibjonov o'rniga Sardor Azimov tushdi. 

81. XAVFLI VAZIYAT. Arveladze, darvozabon jarima maydonchasi ichida bir birini tushunmay qoldi va to'pni yo'qotdi. To'pni olib qo'ygan "Surxon" futbolchisi sekin harakat qildi va imkoniyatdan foydalana olmadi. 

80. O'ZGARISH. "Surxon", Behruz SHaydulov o'rniga Egor Karimec tushdi. 

77. Ikki jamoa ham bir biriga munosib kurash taqdim qilyapti. 

70. "Surxon" paslar bilan hujum tashkil qilib ko'rdi. Yakuniy zarba golga aylanmadi. Karimovning pasidan so'ng Haydarov zarba bergandi. 

68. O'ZGARISH. "Andijon",  Ilhom Abdug'aniev o'rniga Damir Temirov, Bektemir Abdumannonov o'rniga SHahram Samiev tushdi. 

66. O'ZGARISH. "Surxon", Bobur Asqarov o'rniga Humoyun SHerbo'taev, Javohir Jo'raev o'rniga Asadbek Karimov tushdi. 

65. Adhamovning oyoq mushaklari tortishib qoldi va jamoadoshi yordamga keldi. 

61. VARdagilar vaziyatni ko'rmoqda. O'yindan tashqari holat bor ekan! CHiziq tortilganida barchasi aniqlashdi. 

60. GOL. "Surxon" uchrashuvda hisobni ochgan edi. Lekin hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. Abdug'ofur Haydarov jamoadoshining uzatmasini qabul qilib olib himoyachini ortda qoldirdi va darvozabonni ham aldab gol urdi. 

57. "Andijon" jarima zarbasidan to'pni o'yinga kiritdi. "Surxon" posboni o'z o'rnida to'pni egallab oldi. 

53. Mezbonlar futbolchisi Arveladzega tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

49. Ikkinchi bo'limda jamoalar hozircha tarkibda o'zgarish qilganicha yo'q. 

47. "Andijon" ketma ket hujumlar bilan bosimni oshirmoqda. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

44. Pletnyov zarba berib ko'rdi. Noaniq. 

40. Birinchi bo'lim oxirlamoqda. Gol kerak gol! 

32. ZARBAA. Rustam Turdimurodov Abdumannonovning pasidan so'ng deyarli birga bir vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmadi. To'p darvozaning tepasidan o'tib ketdi. "Andijon" qarshi hujumda raqibini jazolashi mumkin edi. 

30. "Surxon" mezbonlar jarima maydoni atrofida qisqa paslar bilan kombinaciya tashkil qilishga urinib ko'rdi. Vaziyat burchak zarbasi bilan yakunlandi. 

27. "Andijon"ning hujumi xavfli chiqdi. Abdumannonov to'pni Turdimurodovga uzatib berdi, u esa to'pga ulgurmadi. 

22. OGOHLANTIRISH. "Surxon", Javohir Jo'raev

17. UUX. Toirov raqibga nisbatan xavfli o'ynagandek ko'ringandi. Hammasi joyida. 

13. UUX. "Andijon" raqib darvozasini ishg'ol qilishi mumkin edi. Darvozaga kirib ketayotgan to'pni termizliklar futbolchisi Xojiniyozov so'nggi pallada maydondan chiqarib yubordi. 

11. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Ilhom Abdug'aniev ogohlantirildi. 

8. ZARBAA. Jahongir Abdusalomovning jarima maydonchasiga yaqin nuqtadan yo'llagan zarbasi rekoshet hosil qilib maydonni tark etdi. Ilk xavfli vaziyat. 

4. Ilk daqiqalardan jamoalar extiyotkorlikka etibor bermoqda. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Rasmiy tadbirlar yakunlandi. 

- Farg'onaga yo'l Toshkent va Andijon orqali boriladi. Biz esa "Bobur Arena"dagi uchrashuvga etiborimizni qaratamiz. Jamoalar kubok bahslarida so'nggi bor 1993 yil to'qnash kelgan bo'lib, o'shanda ikki uchrashuvda ham "burgutlar"ning qo'li baland kelgan. 

- "Andijon" va "Surxon" jamoalari o'rtasidagi yarim final uchrashuvidan matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 

Reyting: +2   

Fikrlar

+5   
30 avg 22:07:23
Umid Tursunov
Fargonada dahwatli final boladi Nefchi mulisi sifatida Navbahor va Andijon chiqiwini juda hohlagandim Fargonada stadionni bir tamoni kok bir tomoni qizil dahwat final boladi....
+5   
30 avg 20:01:42
tigr0474
Abdusalom Mirzayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Финалда Пахтакор ва Сурхон чиқади, финалда Пахтакор ютади чунки чемпион бу йил Насаф бўлгач Пахтакор совринсиз қолмаслиги керак.
Бугун хозирча 1 таймда Сурхон Андижонга караганда яхширок куринмокда
+4   
30 avg 22:04:16
Kambaraliev
Фаргонага хуш келипсиз азиз водийликлар. Зори ютсин
+4   
30 avg 21:12:33
Узбек футболи
Шархловчи Андижонни асл мухлиси эканми
+3   
30 avg 21:58:32
Ya Bolelshik
Tepaga tepvorgan futbolchilardan hafa bo'lmang. 11 metrlik nuqta juda chuqurashib ketgan ekan. Chuqurdan tepsangiz koptok albatta tepaga ketadi-da! Andijonni tabriklaymiz! Finalda omad!
+3   
30 avg 21:36:25
Uzbekiston Uzbekiya
Xakam aniq bilinib qolyapdi Andijonga qarashyapdi
+3   
30 avg 20:06:07
Khurshid Maksadkulov
Сурхонга омад!!! Инша оллох галаба Сурхондареда томонда
+3   
30 avg 20:03:10
Ота макон
Сурхон галаба козонади. Финал учрашуви Фаргонадан Термизга кучирилади ва Сурхон уйингохида тамирдан кейинги биринчи учрашув булади.(Хазил) Лекин озгина чин хам булиши мумкин)).
+3   
30 avg 18:19:21
Абдугаффор . N
Андижонга омад ёр булсин! Кубок саники Андижон ! Бос газини!!
+2   
31 avg 00:02:36
Liverpool__ynwa
Raxmat Andijon jamosi endi finalda korishamiz.
Fargonalik birodorlarga xam raxmat.
Navbaxor olga
+2   
30 avg 22:05:55
AC_Milan_Fun
F.K.N. foydalanuvchining fikriga javob berish
Буйогдан Андижон уйокдан Навбахорни голиб булиб Фаргонага келишларизи кутиб коламан.
Борамиз иншааллох! Анжан мухлиси❤️
+2   
30 avg 22:05:08
Акрамжон
Андижонни табриклемиз, мухлисларини Фаргонада кутамиз! Хамма кутган финал, водий финали!!! Пахтакорга бу йил тешик кулча!!!
+2   
30 avg 22:03:49
Ya Bolelshik
Vodiyda vodiy derbisi bo'ladi!
+2   
30 avg 19:51:40
Abdusalom Mirzayev
Финалда Пахтакор ва Сурхон чиқади, финалда Пахтакор ютади чунки чемпион бу йил Насаф бўлгач Пахтакор совринсиз қолмаслиги керак.
+2   
30 avg 19:20:53
F.K.N.
Буйогдан Андижон уйокдан Навбахорни голиб булиб Фаргонага келишларизи кутиб коламан.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика