So’nggi yangiliklar

09:50Аргентина термасининг асосий дарвозабони жамоасининг октябрь ойидаги ўйилларида майдонга тушмайди  0 09:13BMW «Реал Мадрид» футболчиларига янги автомобилларни тақдим этди  3 08:38Франция терма жамоаси устози: "Қайд этаётган натижаларимиздан фахрланамиз ва ўзимизга ишонишда давом этамиз"  0 08:05Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Хорватия ва Таиланд мағлубиятга учрашди, Таиланд бош мураббийига ўйин тугагач қизил карточка кўрсатилди  0 08:01Саудия пролигаси. Роналду, Бензема гол урган баҳсда жамоалари ғалаба қозонишди  0 07:28Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  8 01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"ни қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  1 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  2 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  3 01:20Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  2 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  7 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  5 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1

O'zbekiston kubogi. Tuman ostida kechgan derbida AGMK g'alaba qozondi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Tuman ostida kechgan derbida AGMK g'alaba qozondi

O'zbekiston kubogi chorak final doirasida AGMK hamda "Metallurg" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvi yakunlandi.

AGMK – "METALLURG" 4:3

12 dekabr 2020 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 16:00
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Ramil Ilyasov.

Gol: Abror Toshqo'ziev 7 0:1, Mate Vatsadze 11 1:1, Abror Toshqo'ziev 18, 1:2, Sardor Rahmonov 23, 2:2 Dilshod Jo'raev 42, 3:2, 65 Doniyor Narzullaev 3:3, Zafar Povonov 114, 4:3

AGMK: 35.Valijon Rahimov, 2.Akmal SHorahmedov (20. Mirg'iyos Sulaymonov), 5.Dilshod Jo'raev, 3.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov (31. Saydullo Rahmatov), 23.Yovan Jokich, 30.Jasur Umarov, 18.Bahrom Abdurahimov (10. SHahzod Nurmatov), 94.Husniddin G'ofurov, 21.Mate Vatsadze, 7.Elguja Grigalashvili.

Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 4.Mirjamol Qosimov, 9.Zafar Polvonov, 10.SHahzod Nurmatov, 17.Sanjar Tursunov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 31.Saydullo Rahmatov, 77.Arslonmirat Amanov, 88.Igor Zonich.


"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 4.Odil Abdumajidov, 5.Abbos Otaxonov, 7.Doniyor Narzullaev, 8.Salamat Qutibaev, 9.Mahmud Qudratillaev (15. Zoxid Abdullaev), 10.SHahzod Ubaydullaev, 14.Abror Toshqo'ziev, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28. Stanislav Andreev, 88.Evgeniy CHumak.

Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 11.Murodbek Bobojonov, 15.Zohid Abdullaev, 20.Xudoyshukur Sattorov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov, 30.Andrey SHipilov, 36.Tulqin Ergashev.

Ushbu sahifa orqali uchrashuvdan matnli translyaciya olib boriladi.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. AGMK o'z maydonida qiyin g'alabaga erishdi, 4:3

Ha mana buni dramatik o'yin deydi. Ajoyib o'yin uchun ikki jamoaga ham rahmat aytib qolamiz.

114. Goooool. AGMK jamoasi qo'shimcha bo'limlarda gol urib hisobda oldinga chiqib olmoqda. Zafar Polvonov amalda o'yin taqdirini hal qiladigan golni urdi.

110. Zarbaaaa. Lobanovdan yana bir seyv. Dilshod Jo'raevning zarbasini mahoratli posbon qaytarishga erishdi.

107. Stanislav Andreev ogoxlantirildi. 

O'zgarish. Abror Toshqo'ziev va Doniyor Narzullaev o'rniga Abdurahmon Abdulhaqov hamda To'lqin Ergashev tushdi. 

Overtaymlarning ikkinchi qismi boshlandi. 

Birinchi ekstra-taym yakunlandi. 

100. Labanooov. Darvozabon Aleksandr Lobanov jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

95. Zarbaaaa. Salamat Quttiboevning yaqin masofadan bergan zarbasini AGMK himoyachilari bartaraf etdi.

92. AGMKdan Yovan Jokich ogoxlantirildi. 

Birinchi 15 daqiqalik boshlandi. 

O'yinning asosiy bo'limlarida durang natija qayd etildi. Qoidaga ko'ra endilikda jamoalar 15 daqiqadan iborat ikkita ekstra-taymlarni o'tkazishadi. Agar unda ham g'olib nomi aniqlanmasa penaltilar seriyasiga navbat beriladi. 

90+2. Exxx. "Metallurg" gol urib o'yin taqdirini hal qilishi mumkin edi. Zoxid Abdullaevning  yakuniy zarba kuchsiz chiqdi.

90. Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga uch daqiqa qo'shib berildi. 

89. Mirg'iyos Sulaymonov ogoxlantirildi.

So'nggi daqiqalarda jamoalar hujumkorlikka urg'u qaratishmoqda. SHiddat o'ta baland.

85.  O'zgarish. Mezbonlar tarkibida Husniddin G'ofurov o'rniga Arslanmirat Amanov, Mate Vatsadze o'rniga Zafar Polvonov maydonga tushdi.

80. "Metallurg" jarima zarbasini amalga oshirdi. Zarba noaniq.

79. O'zgarish. "Mettalurg". Mahmud Qudratullaev o'rnida Zoxid Abdullaev o'yinni davom ettiradi.

69. O'zgarish. AGMK jamoasida Akmal SHorahmedov o'rniga Mirg'iyos Sulaymonov, Bahrom Abdurahimov o'rniga esa SHahzod Nurmatov maydonga tushdi.

65. Goooooooool. "Metallurg"ning ketma-ket uyushtirgan hujumlari yakunda samara berdi. Doniyor Narzullaev AGMK himoyasidagi xatodan unumli foydalanib to'p kiritdi. 

62. O'zgarish. Maydon egalari tarkibida Murodjon Toshmatov o'rniga Saydullo Rahmatov tushdi.

57. AGMKdan Elguja Grigalashvili ogoxlantirildi. 

54. Uxxxxxx. "Metallurg" raqib jarima maydonchasi ichida havfli vaziyat yaratdi. Darvoza tomon berilgan zarba esa noaniq. 

To'p nazorati bekobodliklar tomonida. 

46. Mehmon jamoa futbolchisi Odilbek Abdumajidov AGMK jamoasi futbolchisiga qarshi qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogoxlantirildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi! Oldinda bizni yanada qiziqarli va shiddatli 45 daqiqalik kutmoqda. 

45. Birinchi bo'lim yakunlandi.

42. Gooooool. Dilshod Jo'raev AGMKning ushbu uchrashuvdagi uchinchi golini urmoqda. O'ng qanotdan oshirib berilgan to'pga ajoyib tarzda nuqta qo'ydi.

33. Uxxxx. AGMK darvozasi havfli vaziyat. Stanislav Andreevning uzatmasidan so'ng Jokich to'pni qaytardi, qaytgan to'pdan keyin SHahzod Ubaydullaev darvozaga zarba yo'lladi. Olmaliqliklar posboni goldan qutqardi.

Uchrashuv quyuq tuman ostida davom etmoqda. Maydonda esa keskin kurash kechayotganini takidlash joiz.

23. Gooool. Mezbonlar hisobdagi muvozanatni tikladi. Sardor Rahmonov tablodagi hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirdi.

18. Goooooool. Yana o'sha Toshqo'ziev "Metallurg"ni hisobda oldinga olib chiqmoqda. 1:2

Dastlabki daqiqalardan jamoalar hujumkor o'yin ko'rsatishmoqda. Temp yuqori. 

11. Gooooool. AGMK tezkorlik bilan golga gol bilan javob qaytardi. Husniddin G'ofurovning uzatmasini Mate boshi bilan golga aylantirdi!

7. Gooooool. "Metallurg" uchrashuvda hisobni ochdi. Gol muallifi Abror Toshqo'ziev. Toshqo'ziev burchak zarbasidan keyin qaytgan to'pni darvozaga yo'lladi!

Uchrashuvga start berildi.
O'yin soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика