O'zbekiston kubogi. 2000 yildan beri ilk bor yarim final poytaxt klublarisiz o'tadi
04 sen 2022 20:24
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi. 2000 yildan beri ilk bor yarim final poytaxt klublarisiz o'tadi
O'zbekiston kubogida barcha yarim finalchilar malum bo'lib ulgurdi.
CHorak final "Navbahor", "So'g'diyona", "Nasaf", AGMK final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Ajablantirgan jihati shuki, joriy yilda musobaqa yarim finaliga birorta poytaxt klubi yo'l olgani yo'q. Bunday holat so'nggi bor 1999/2000 yilgi mavsumda kuzatilgan bo'lib, final ostonasida "Do'stlik" (Toshkent viloyati), "Neftchi" (Farg'ona), "Nasaf" (Qarshi), "Dinamo" (Samarqand) jamoalari ishtirok etgan edi. Keyingi yillarda "Traktor", "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" bu bosqichdan doimiy o'rin olib kelganini aytish mumkin.
Fikrlar