O'zbekiston kubogi. 1/8 finalga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
18 apr 2018, 20:15
2018 yilgi O'zbekiston kubogi 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Amaldagi O'zbekiston kubogi sohibi "Lokomotiv" klubi o'z maydonida Samarqandning "Sherdor" klubini qabul qiladi. "Paxtakor" PRO-liganing yangi vakili bo'lgan "Iftixor" mehmoni bo'ladi. "Bunyodkor" o'z uyida Sergey Lushan boshchiligidagi "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Superligada ishtirok etayotgan "Qo'qon-1912" - "Neftchi" va AGMK - "Nasaf" klublari bu bosqichda o'zaro raqib bo'lishadi.

1/8 final juftliklari:

“Qo'qon-1912” - “Neftchi”
“Dinamo” - "Qizilqum"
"Mashal" - "Surxon"
"Lokomotiv" - "Sherdor"
"Bunyodkor" - "So'g'diyona"
AGMK - "Nasaf"
"Orol" - "Andijon"
"Iftixor" - "Paxtakor"


Nimchorak final o'yinlari 29 va 30 may kunlari bo'lib o'tadi. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia