O'zbekiston Kubogi. 1/8 finalga qura tashlandi
22 iyu 2019 19:30
Yangiliklar


O'zbekiston Kubogi. 1/8 finalga qura tashlandi
Bugun O'zbekiston Kubogining nimchorak finaliga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu bosqich o'yinlari ham bitta bahsdan iborat bo'ladi. Quraga ko'ra "Paxtakor" o'z uyida PRO-liganing "Yashnobod" klubi bilan o'ynaydigan bo'ldi. Amaldagi kubok sohibi AGMK Olmaliqda "Mashal"ni qabul qiladi.
"Navbahor" va "Neftchi" o'rtasidagi bahs shiddatli o'tishi turgan gap. "Lokomotiv" Termizda "Surxon" mehmoni bo'ladi. "Bunyodkor" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi.
O'zbekiston Kubogi-2019.
Nimchorak final. (3-4 avgust)
"Paxtakor" - "Yashnobod"
"Nasaf" - "Andijon"
AGMK - "Mashal"
"Navbahor" - "Neftchi"
"Surxon" - "Lokomotiv"
"Oq-tepa" - "Ittifoq-N"
"Bunyodkor" - "Qizilqum"
"So'g'diyona" - "Zomin"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar