So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  43 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  10 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  2

G'alaba so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatga aylandi: O'zbekiston - Kosta-Rika 1:2 Yangiliklar

G'alaba so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatga aylandi: O'zbekiston - Kosta-Rika 1:2

O'zbekiston va Kosta-Rika o'rtasidagi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

    

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston — Kosta-Rika 1:2
27.09.2022, 11:00
“Suwon World Cup” stadioni, Suvon

Gollar: Eldor SHomurodov 26, - 1:0 (Odiljon Hamrobekov). Entoni Ernandes 90+2, - 1:1. Kendall Uoston 90+4, - 1:2.

Hakamlar: Kim Dae Yong, Yun Jae Yol, Jang Jong Pil, Park Se Jin (barchasi Janubiy Koreya).

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov, 13.SHerzod Nasrullaev (4.Farrux Sayfiev, 72), 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Otabek SHukurov, 9.Odil Hamrobekov, 17.Sardor Sobirxo'jaev (20.Akmal Mozgovoy, 72), 19.Aziz Turg'unboev (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 57), 8.Hojimat Erkinov (22.Oybek Bozorov, 57), 14.Eldor SHomurodov (21.Igor Sergeev, 72).
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 2.Islom Qobilov, 5.Rustam Ashurmatov, 10.SHahboz Umarov, 18.Abdulla Abdullaev.

Kosta-Rika: 18.Aaron Krus (23.Patrik Sekeyra, 46), 3.Xuan Pablo Vargas, 4.Keysher Fuller, 8.Brayan Ovedo (22.Karlos Martines, 66), 11.Joxan Venegas (7.Entoni Kontreras, 66), 14.Orlando Galo, 16.Aron Suares (25.Entoni Ernandes, 74), 19.Kendall Uoston (sardor), 20.Brandon Agilera (10.Brayan Ruiz, 46), 21.Karlos Mora (26.Alvaro Zamora, 46), 24.Duglas Lopes.
Zaxira: 2.Daniel CHakon, 5.Selso Borxes, 6.Oskar Duarte, 9.Jevison Bennette, 12.Joel Kempbell, 13.Gerson Torres, 15.Fransisko Kalvo, 17.Roan Uilson.

Ogohlantirishlar: Odiljon Hamrobekov 28, Brandon Agilera 34, Keysher Fuller 36, Alvaro Zamora 50, IbrohimHalil Yo'ldoshev 81,


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+4. GOL! Kendall Uoston 1:2. Jarima to'pidan keyin jamoa sardori boshi bilan gol urdi 

90+2. GOL! Entoni Ernandes 1:1. Himoyadagi xatodan keyin raqiblarimiz gol urishdi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

89. Xavfli vaziyat. Terma jamoamiz o'ng qanotdan hujum qildi, Bozorovdan to'p uzatish, Sergeev boshi bilan to'pni orqaroqdagi sherigiga uzatdi, ammo zarba bera olmadik

81. Ogohlantirish. IbrohimHalil Yo'ldoshev

81. Xavfli vaziyat! O'ng qanotda Bozorov oldinga o'tdi, ammo raqibni alday olmadi, Hamrobekovning kuchli zarbasi noaniq ketdi

74. O'zgarish. Kosta-Rika. Aron Suares o'rniga Entoni Ernandes

72. O'zgarishlar. O'zbekiston. Nasrullaev, Sobirxo'jaev va SHomurodov o'rniga Sayfiev, Mozgovoy va Sergeev tushdi

70. ZARBAAAAAAAA! Hamrobekovdan to'p uzatish va SHukurovdan kuchli zarba, to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi



68. ZARBA! Hojiakbar Alijonovning zarbasidan keyin Sekeyra to'pni qaytardi!

66. O'zgarishlar. Kosta-Rika. Brayan Ovedo o'rniga Karlos Martines, Joxan Venegas o'rniga Entoni Kontreras

64. UXXXXX! Xavfli vaziyat! Darvozamiz oldida juda xavfli vaziyat! 

57. O'zgarishlar. O'zbekiston. Erkinov va Turg'unboev o'rniga Bozorov va Yo'ldoshev

54. ZARBAAAAAAAAAAAAA! SHukurovdan chiroyli pas va SHomurodovdan zarba, birozgina noaniq!

50. Ogohlantirish. Alvaro Zamora

46. Uchrashuvni TELEGRAM orqali tomosha qilish uchun O'YINNI JONLI KO'RISH

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. O'zgarishlar. Kosta-Rika. Aaron Kruz, Brandon Agilera va Karlos Mora o'rniga Patrik Sekeyra, Brayan Ruiz va Alvaro Zamora tushdi

 


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45+1. UXXXXX! Aliqulov hozir avtogol urishi mumkin edi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

39. ZARBAAA! Brandon Agileraning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

38. Xavfli vaziyat! SHomurodovdan to'p uzatish, Sobirxo'jaevdan oldin darvozabon to'pga birinchi keldi

36. Ogohlantirish. Keysher Fuller

34. Ogohlantirish. Brandon Agilera

33. Xavfli vaziyat! Aziz Turg'unboev burchak to'pini amalga oshirdi, Husniddin Aliqulov boshi bilan darvozaga zarba berdi, Aaron Krus o'z o'rnida!

29. UXXXXXX! Xavfli vaziyat! Yana bir bor SHomurodov birga bir vaziyatga qochib ketdi, afsuski darvozbonni aldab o'ta olmadi!

28. Ogohlantirish. Odiljon Hamrobekov

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOOOOOR SHOMURODOOOOOV! 1:0. Odiljon Hamrobekovdan ajoyib pas, Eldor birga bir vaziyatdan gol urdi!  VIDEONI KO'RISH



23. O'yin ancha sokin o'tmoqda

16. Kosta-Rika bir necha kun oldin Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va 2:2 hisobida durang o'ynadi. Bosh murabbiy o'sha o'yin bilan taqqoslaganda asosiy tarkibda 10ta o'zgarishni amalga oshirdi. Faqat Brayan Ovedo bugun ham asosiy tarkibda tushdi.

13. SHomurodov oldinga bordi va to'pni SHukurovga uzatdi, Otabek to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi

10. Malumot uchun, o'yin Suvon shahridagi “Suwon World Cup” stadionida bo'lib o'tmoqda. 2002 yilgi Jahon chempionatida Kosta-Rika aynan shu stadionda Braziliyaga qarshi o'yin o'tkazgan va 2:5 hisobida mag'lub bo'lgan.

8. Xavfli vaziyat! SHukurov to'pni oldinga uzatdi, Hojimat Erkinov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

4. Xavfli vaziyat! Jarima zarbasidan keyin Orlando Galo boshi bilan zarba berdi, Yusupov to'pni qaytardi! 

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Navbat Kosta-Rika davlat madhiyasiga

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi! 

- Ikkala jamoa maydonga tushib keldi.

- Uchrashuv soat 11:00da boshlanadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика