O'zbekiston Koreyaga qarshi oq libosda harakat qiladi
14 mar 2023 14:18
Yangiliklar
O'zbekiston Koreyaga qarshi oq libosda harakat qiladi
Ertaga O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo Kubogi yarim finalida Koreyaga qarshi uchrashuv o'tkazadi.
Mazkur o'yinda futbolchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda o'ynaydi.
SHuningdek, mazkur bahsda bosh hakam sifatida Abdulloh Jamali (Kuvayt) ishlaydi. Unga qanotlarda Ahmad Said Alrashidi (BAA) hamda Faysal Eid Alshammari (Qatar) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa ummonlik Qosim Matar Al Xatmiga topshirilgan.
Uchrashuv "Bunyodkor" stadionida soat 19:00 da start oladi.
Fikrlar