So’nggi yangiliklar

15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  7 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4

O'zbekiston keyingi rasmiy uchrashuvni qachon o'tkazadi? Yangiliklar

O'zbekiston keyingi rasmiy uchrashuvni qachon o'tkazadi?

Terma jamoamiz JCH saralash ikkinchi bosqichidan o'rin olgan oxirgi bahsni yirik hisobda boy berib keyingi raundga chiqa olmadi.

Albatta, natijadan hammamiz xafamiz. Jahon chempionati kamida yana to'rt yilga armon bo'ladigan bo'ldi. Lekin hayot davom etadi. JCH saralash keyingi bosqichiga yo'l olgan jamoalar 2 sentyabrdan kurashni davom ettiradi. Xo'sh, qolganlar-chi?

Keyingi bosqichga o'ta olmagan jamoalar orasida O'zbekiston milliy terma jamoasi ham bor. SHunday ekan savol tug'ilishi mumkin, biz keyingi rasmiy o'yinni qachon va kim bilan o'ynaymiz? SHunisi malumki, O'zbekiston MTJ buyog'iga faqat Osiyo Kubogi-2023ga chiqish uchun kurash olib boradi. 

Jahon chempionatiga saralashning navbatdagi raundiga Osiyodan 12 jamoa yo'l oldi va bu jamoalar avtomatik ravishda Osiyo Kubogi-2023 yo'llanmasiga ega bo'lishdi: Suriya, Avstraliya, Eron, Saudiya Arabistoni, Yaponiya, BAA, Janubiy Koreya, Xitoy, Iroq, Ummon, Vetnam va Livan.

2023 yil Xitoyda o'tkaziladigan Osiyo Kubogida jami 24 jamoa qatnashishini hisobga olsak, buyog'iga yana 12ta jamoani aniqlab olish qoladi. Demak, mana shu 12ta jamoani saralab olish uchun OFK saralashni davom ettiradi. 

Osiyo Kubogiga saralashning bu bosqichida 24 jamoa to'rttadan 6 guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan birinchi-ikkinchi o'rin egalari, yani 12ta terma jamoa Osiyo Kubogiga yo'llanma oladi. 

O'zbekiston 1-savatchada bo'ladi 

Osiyo Kubogining navbatdagi saralash o'yinlari 2022 yilning fevral oyida start oladi. Bu degani biz shu yil oxirigacha boshqa rasmiy bahsda maydonga tushmaymiz. Osiyo Kubogi-2023 saralash bosqichi qurasidan oldin jamoalar 6tadan to'rtta savatchaga bo'lib chiqiladi. Hozircha keyingi bosqichda o'ynaydigan 24 jamoadan 15tasi malum. Qolgan jamoalar pley-off bahslaridan so'ng kurashga qo'shiladi. 

Birinchi savatcha: O'zbekiston, Iordaniya, Bahrayn, Qirg'iziston, Falastin, Hindiston. 

Ikkinchi savatcha: Tailand, Tojikiston, Filippin, Turkmaniston. 

Uchinchi savatcha: Quvayt, Afg'oniston, Malayziya, Singapur. 

To'rtinchi savatcha: Mo'g'uliston.

Reyting: -116   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика