O'zbekiston Kanadaga qarshi to'liq oq libosda o'ynaydi
12 noy 2023 11:40
Yangiliklar
O'zbekiston Kanadaga qarshi to'liq oq libosda o'ynaydi
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ertaga U-17 Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi 2-uchrashuvini o'tkazadi.
Mazkur o'yinda O'zbekiston termasi to'liq oq libosda, darvozabon esa to'q sariq libosda harakatlanadi.
Uchrashuvni boliviyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Ivo Mendez, unga qanotlarda hamyurtlari Alberto Karlos va Rojer Apaza yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam vazifasi esa Toriq Munirga (Indoneziya) topshirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston — Kanada o'rtasidagi o'yin 13 noyabr soat 17:00da start oladi.
Fikrlar