So’nggi yangiliklar

19:11Купер, Қосимов, Карпин, Моуриньо, Бабаян — Де Росси Элдор Шомуродовнинг фаолиятидаги нечанчи мураббий?   0 18:12Нима? Кьеза кутилмаганда АПЛ гранди билан шартнома имзолади   2 17:35БУМ! Рамос ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтмоқда. У энди Роналду ва Бенземага қарши ўйнайди  3 16:59ЖЧ-2026 саралаши: Қирғизистон терма жамоасига яна икки нафар футболчи чақирилди  0 16:40Бугун ЕЧЛ қуръаси. Янги формат ва қуръа механизми қандай?  7 16:25Яна бир футболчи ТОП клубларнинг таклифига қарамай, фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиришга қарор қилди  1 16:14"Арсенал" трансфер ойнасининг охирги куни "Бавария" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  7 15:48Килиан Мбаппе Месси ҳақида: "Бу "митти" мен учун "GOAT" эмас"  7 15:14Ҳакамлар “Насаф”га яна ёрдам беришдими? Суперлиганинг 17-туридан ўрин олган ҳакамлик фаолияти таҳлили  35 14:44Ваниҳоят! "Челси" футболчисини ижарага бера олди  2 13:57Роналду мураббий бўладими? Криштианунинг ўзи бу саволга жавоб берди  6 13:26ОФК Техник қўмитаси Илёс Зейтуллаевнинг мураббийлик дипломи бўйича якуний хулосасини қабул қилди  0 12:53Флорентино Перес "Реал" учун янги дарвозабон топди. Кипернинг трансфер ҳуқуқи "Арсенал"га тегишли, аммо...  1 12:24"Барселона" ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи   5 11:56Аббосбек Файзуллаев ЦСКАдаги асосий муаммо ҳақида гапирди  4

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston Iroq bilan nursiz durang qayd etdi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston Iroq bilan nursiz durang qayd etdi

O'zbekiston va Iroq milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



O'zbekiston - Iroq 0:0

Hakamlar: Ahmad Faysal, Hamza Saadah, Murod Al Zavara (barchasi Iordaniya).

O'zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 4.Farruh Sayfiev, 15.Egor Krimec (Doston Tursunov, 73), 20.Islom To'xtxo'jaev, 6.Davron Hoshimov, 7.Odiljon Hamrobekov, 18.Aziz G'aniev, 19.Quvondiq Ro'ziev (Dostonbek Hamdamov, 62), 23.Sanjar SHoahmedov (Oston O'runov, 64), 10.Jaloliddin Masharipov (Doston Ibragimov, 75), 14.Eldor SHomurodov (Igor Sergeev, 57).

Iroq: 20.Muhammad Hamid, 3.Mustafo Muhammad, 6.Najim SHvan, 7.Mohanad Abdulrahim, 11.Humam Tariq, 13.Bashar Resan (21.Alaa Abbos, 75), 14.Amjed Atvan, 15.Durgam Ismoil, 16.Osama Jabbor, 22.Rebin G'arib (4.Suad Notiq, 88), 23.Maytam Jabbor.
Zaxira: 12.Muhammad Solih, 2.Ahmad Xalaf, 5.Safa Xodi, 10.Mohanad Ali, 17.Alaa Ali, 18.Aymen Hussayin, 19.Mahdi Komil.



90+2. O'yin tugadi, 0:0

90. Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shildi

88. O'zgarish. Iroq. Rebin G'arib o'rniga Suad Notiq

86. ZARBA! Iroqlik futbolchining uzoqdan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

85. Uchrashuv tugab bormoqda, aftidan bugun gol bo'lmaydi shekilli

80. UXXXXX! Jarima to'pidan keyin Igor Sergeev boshi bilan zarba berdi, iroqlik posbon to'pni egallab oldi. Sergeev unga Doston Ibragimov oshirib bergandi

76. ZARBA! Ahmad Xalafning bosh bilan zarbasi noaniq ketdi

76. ZARBAAAAAA! Mohanad Abdulrahimning zarbasini Quvvatov qiyinchilik bilan qaytardi. 

75. O'zgarish. O'zbekiston. Jaloliddin Masharipov o'rniga Doston Ibragimov tushdi

75. O'zgarish. Iroq. Bashar Resan o'rniga Alaa Abbos tushdi

73. Xavfli vaziyat! Oston O'runov va Doston Hamdamov hozir raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi, zarbani iroqlik posbon qaytardi!

73. O'zgarish. O'zbekiston. Egor Krimec o'rniga Doston Tursunov tushdi

72. O'zgarishlardan keyin O'zbekiston terma jamoasi tashabbusga ega bo'lmoqda, Sergeev faol, Hamdamov va O'runov to'p bilan ko'p muomala qilishmoqda

68. Xavfli vaziyat! Durgam Ismoil zarba berishga harakat qildi, ammo Hamdamov undan to'pni olib qo'ydi

64. O'zgarish. O'zbekiston. Sanjar SHoahmedov o'rniga Oston O'runov tushdi

62. O'zgarish. O'zbekiston. Quvondiq Ro'ziev o'rniga Dostonbek Hamdamov tushdi

60. Islom To'xtaxo'jaev hozir raqib hujumini uzib qo'ydi

58. Krimecga shifokorlar yordam ko'rsatishdi, ZARBA! Amjed Atvanning kuchli zarbasi darvoza ustuni va to'sini kesishgan joy yonidan o'tib ketdi

57. O'zgarish. O'zbekiston. Eldor SHomurodov o'rniga Igor Sergeev tushdi

56. SHomurodov deyarli birga bir vaziyatga chiqib bordi, Hamrobekovning zarbasi noaniq chiqdi

56. Bizda o'zgarish kutilmoqda, Igor Sergeev maydon chetiga keldi

55. Ikkinchi taym boshida Iroq to'liq tashabbusga ega bo'lmoqda, vakillarimiz faqat himoyalanishmoqda

51. Xavfli vaziyat! Raqiblarimizda gol urish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi, zarba darvoza yuqorisidan o'tib ketdi, hakam bu vaziyatda o'yindan tashqari holatni qayd etdi

50. Iroqliklar burchak to'pini amalga oshirishdi, Krimec boshi bilan to'pni qaytarib yubordi

50. Ogohlantirish. O'zbekiston. Davron Hoshimov

49. Iroqning hujumi, zarba himoyachilarimizdan biriga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi

48. Iroq taymni ancha faol boshladi va hujumkor o'ynamoqda

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 0:0

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi

45. Birinchi taymda eng faol o'ynagan futbolchimiz Aziz G'aniev bo'ldi

44. G'aniev qanotdan to'pni oshirdi, Masharipov va SHomurodov to'pga eta olishmadi!

43. Iroqliklar xatoga yo'l qo'yishdi, to'p SHomurodovga bordi, jarima maydoniga kirishga urdi, ammo o'xshamadi

39. ZARBA! G'anievning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

38. Raqiblar SHoahmedovni yiqitishdi va jarima to'piga ega bo'ldik, iroqlik futbolchilar esa anchagacha hakam bilan tortishishdi, o'rtoqlik emas, xuddi JCH saralashidek

35. Ikkala jamoa ham hujumkorlikni susaytirishdi, to'p maydon markazida ushlanib turibdi, goh u, goh bu tomon xato qilmoqda

29. Aziz G'aniev o'zining ajoyib paslari bilan boshqalardan ajralib turibdi. Hozir uning uzatmasi Masharipov tomon bordi, Jaloliddin raqib bilan to'qnashuvda maydonga yiqildi va shifokorlardan yordam oldi

28. Sanjar SHoahmedov hozir jarohat oldi, uning o'zi to'pni bosib oldi va maydonga yiqildi

23. UXXXXXXXXXX! Iroqdan javob! O'ng qanotda to'pni oldirib qo'ydik, raqibimiz hujumga o'tdi, hujumchining kuchli zarbasi Quvvatov qo'riqlayotgan darvozaning uzoq ustuni yonidan o'tib ketdi

22. Xavfli vaziyat! Aziz G'aniev markazdan to'pni SHomurodovga ajoyib tarzda uzatib berdi, Eldor chap oyoqda zarba berdi, noaniq!

16. UXXXXXXXXXXXX! Masharipovning to'p uzatishidan keyin Krimecning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi!

15. Terma jamoamizning chap qanoti, Sayfiev va Masharipov ancha faol


13. O'yindan avval ikki jamoa murabbiylari iliq ko'rishishdi. Iroq ustozi Srechko Katanec Ektor Kuperga barcha o'yinlarda omad tiladi, faqat bugun emas deb aytdi o'tdi)



11. SHomurodov va G'aniev raqib maydonida himoyachilarga qattiq pressing qilishmoqda, to'pni hujumning o'zida olib qo'yishga urinishmoqda

10. O'zbekiston terma jamoasi dastlabki 10 daqiqada har holda ikkinchi raqam bo'lib o'ynamoqda, to'pni Iroq nazorat qilmoqda, vakillarimiz raqib xatosidan foydalanib qarshi hujumga o'tishmoqda 


9. Xavfli vaziyat! Krimec to'pni SHomurodovga uzatib bera oldi, Eldor o'tkir burchakdan zarba berdi, noaniq! 

8. Mustafoning qanotdan uzatgan to'pini Krimec qaytarib yubordi

7. Davron Fayziev bugungi o'yinni muxlislar uchun mana shunday tarzda onlayn namoyish etmoqda



5. UXXXXXXXXX! Aziz G'anievning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi, juda xavfli zarba bo'ldi! 

3. Masharipov to'pni raqib jarima maydoniga uzatdi, darvozabon to'pni egallab oldi

1. Dastlabki daqiqadanoq vakillarimizda imkoniyat paydo bo'ldi, SHomurodov to'pni egallab ololmadi

1.Stadionda mingdan ziyod iroqlik muxlislar bor...


1. O'YIN BOSHLANDI! Iroqliklar uchrashuvni boshlab berishdi

20:56. Iroq va O'zbekston terma jamoasi maydonga tushib kelishdi



20:55. Jamoalar maydonga tushib kelishga tayyor

20:40. CHigalyozdi mashg'ulotlari yakunlandi va futbolchilar kiyim almashtirish xonasiga yo'l olishdi. O'yin boshlanishiga 20 daqiqa qoldi

20:35. O'FA matbuot xizmati boshlig'i Davron Fayziev telefon orqali uchrashuvdan videotranslyaciya olib boradi. Fayziev texnik muammolar kuzatilsa oldindan uzr so'ramoqda. ONLAYN VIDEOGA O'TISH


20:24. Raqibimiz tarkibi ham malum bo'ldi

Iroq: 20.Muhammad Hamid, 3.Mustafo Muhammad, 6.Najim SHvan, 7.Mohanad Abdulrahim, 11.Humam Tariq, 13.Bashar Resan, 14.Amjed Atvan, 15.Durgam Ismoil, 16.Osama Jabbor, 22.Rebin G'arib, 23.Maytam Jabbor.
Zaxira: 12.Muhammad Solih, 2.Ahmad Xalaf, 4.Suad Notiq, 5.Safa Xodi, 10.Mohanad Ali, 17.Alaa Ali, 18.Aymen Hussayin, 19.Mahdi Komil, 21.Alaa Abbos.

20:20. Jamoalar o'yindan oldin chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishmoqda

20:06. Amman shahrida bu o'yinga OAV tomonidan qiziqish juda ham past. Uchrashuvni faqat O'FA matbuot xizmati va championat.asia sayti vakillari yoritishga tayyorlar. Mahalliy jurnalistlar ko'rinmayapti

20:00. Bugungi bahsda Islom To'xtaxo'jaev terma jamoamiz sardori bo'ladi


19:45. Terma jamoamiz azolari stadionga etib kelishgan.



19:40. Mazkur o'yin TV orqali namoyish etilmasligi bois ayni paytda Amman shahrida bo'lib turgan muxbirlarimiz yordamida matnli translyaciyasini olib boramiz. 

19:10. O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi mehmonxonadan o'yin bo'ladigan "Qirol Abdulloh II" stadioniga yo'l oldi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. 




Reyting: -298   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика