So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

O'zbekiston Iordaniya ustidan irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

O'zbekiston Iordaniya ustidan irodali g'alabaga erishdi

Dubayda O'zbekiston - Iordaniya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston - Iordaniya 2:1
Gollar: Oday Al Sayfi 16, - 0:1. Sardor Rashidov 30 penalti, - 1:1. Navro'z Alimov 87, - 2:1.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov (Bobur Yuldashev, 85), Egor Krimec, SHuhrat Muhammadiev, Farrux Sayfiev (Vitaliy Denisov, 66), Javlon Ibrohimov (Vohid SHodiev, 66), Temur Kapadze (S), Lutfulla To'raev, Jamshid Iskanderov (Sanjar Tursunov, 66), Sardor Rashidov, Bahodir Nasimov (Navro'z Alimov, 75).
Iordaniya: 1.Amir SHafi (S), 5.Muhammad Al Dmreyri, 3.Tariq Xattab (4.Ahmad Sraiva, 60), 11.Oday Zahran, 2.Ahmad Elias, 18.Solih Rateb  (17.Raja Ayad, 61), 15.Muhammad Dovud, 14.Abdulloh Dib (16.Samir Raja, 65), 7.Muhtor Abu Amara, 8.Oday Al Sayfi, 10.Ahmad Hayol (9.Mahmud Zatara, 60).
Ogohlantirish: Javlon Ibrohimov 28.


                                   MATNLI TRANSLYACIYA
                                            
YANGILASH

90+1. Uchrashuv yakunlandi! O'zbekiston terma jamoasi Iordaniya ustidan irodali g'alabaga erishdi - 2:1.

90.
Bugun hakamlar iordaniyalik futbolchilarga qo'l bilan o'ynashga "ruxsat berishdi". Biroq bu ham ularga hech nima keltirmadi.

89.
Arablar ayyorlikni boshlashdi. Jarima maydonimiz ichida Navro'z Alimov bilan janjal chiqarishdi. Barcha bunga chalg'ib turgan vaziyatda Sraiva to'pni darvozaga yo'lladi. Nesterov esa janjalga etibor bermayotgan edi. SHu bois qiyinchilik bilan to'pni qaytarib yubordi!

89.
Ahmad Sraiva oldinga o'tdi, Vitaliy Denisov uni qo'pollik bilan to'xtatib qolishga majbur bo'ldi.

87. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOLL! 2:1 Sardor Rashidov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Navro'z Alimov darvozani ishg'ol qildi - 2:1!

85. Nesterovning seyvini tomosha qiling



84. O'zgarish.
Anzur Ismoilov o'rniga Bobur Yuldashev tushdi

82.
Iordaniya bugun g'alaba qozonadimi yutqizadimi farqi yo'q. Asosiy etiborni hujum tashkil etishga qaratilmoqda. 

81. Raqib hujumini to'xtatish vaqtida Eliasning yuziga kutilmaganda zarba berib yubordi. Jarima maydoni yonida Oday Al Sayfi jarima to'pini amalga oshirdi. Aniq va kuchli bo'lgan zarbani Nesterov qaytardi! Super seyv!

80.
Denisov jarima maydoni ichiga oshirdi, Vohid SHodiev boshi bilan noaniq zarba berdi. To'p uzatish ham u qadar sifatli chiqmagandi

79.
Denisov va Tursunov tushganidan so'ng futbolchilarimiz ancha faol o'ynay boshlashdi. Lutfulla To'raev hamon o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatmoqda. Hozir uch nafar raqib orasidan aniq pas bera oldi

77.
Etiborlisi bugun Tursunov chap qanotda o'ynamoqda, Rashidov o'ngda harakat qilmoqda. Sanjarni odatda o'ng qanotda ko'rardik.

76.
Termamiz biroz qaltis harakat qilishdi. Mullajonov, Ismoilov va Muhammadiev bir birlariga to'p uzatishdi, sal qolsa raqiblar to'pga ega chishlari mumkin edi

76. O'zgarish.
Bahodir Nasimov o'rniga Vohid SHodiev tushdi

75.
Rashidov yana bir bor uzoq masofadan zarba berdi, bu safargi zarba ham noaniq ketdi

73. O'zgarish.
Egor Krimec o'rniga SHavkat Mullajonov tushdi

70.
Ahmad Elias Muhammadievga nisbatan juda qo'pol o'ynadi. SHuhrat yaxshiyam oyog'ini tezda olib qochishga ulgurdi.

67.
Vitaliy Denisov to'pga birinchi tegishidayoq o'zining "firmenniy" pasini amalga oshirdi. Yani maydon markaziga yaqinlashib chapdan uzun pas tashlashdan so'ng Nasimovga to'p etib bormadi. Rashidovning harakatlaridan so'ng to'p noaniq ketdi

66. O'zgarishlar. O'zbekiston.
Farrux Sayfiev o'rniga Vitaliy Denisov, Javlon Ibrohimov o'rniga Navro'z Alimov, Jamshid Iskanderov o'rniga Sanjar Tursunov tushdi

65.
Ahmad Hayolning jarohati jiddiy ekan. Uni shifoxonaga olib ketishdi. Raqib bo'lsa ham unga sog'lik tilaymiz.

63. O'zgarish. Iordaniya.
Abdulloh Dib o'rniga Samir Raja tushdi

62
. Nasimov raqib bilan to'p uchun kurashdi. Raqibning qo'li bilan o'ynaganini hakamlar etiborsiz qoldirishdi. To'p hamon vakillarimizda. Kapdaze-Isanderov-Ibrohimov-Ismoilov-Krimec-Muhammadiev kombinaciyasidan so'ng to'p yo'qotildi

61. O'zgarish. Iordaniya.
Oday Al Sayfi o'rniga Mahmud Zatara tushdi

60. O'zgarish. Iordaniya.
Ahmad Hayol maydonni tark etdi. Uning o'rniga Raja Ayad tushdi

59.
Endi hujum chap qanotdan tashkil etildi. Rashidov to'pni qabul qilib olib bir urinishda darvozaga zarba berdi, SHafi to'pni qaytardi.

57.
Ahmad Hayolni zambilda maydon tashqarisiga olib chiqib ketishdi. Iordaniya hozircha 10 kishi bo'lib o'ynamoqda

56.
Bizning jarima maydonimiz ichiga uzatilgan to'pga Krimec va Ahmad Hayol kurash olib borishdi. Egor to'pni birinchi bo'lib qaytardi. Hayol esa Nesterov bilan to'qnashib ketdi.

55.
Terma jamoamiz futbolchilari faollashishmoqda. Nasimov jarima maydoni tashqarisidan darvozaga zarba berdi, to'p himoyachilarga tegib qaytdi.

51.
Sayfiev to'pni Kapadzega oshirdi, Timur to'pni darvozaga yo'llagan kuchsiz zarbasidan so'ng SHafi ushlab oldi. Qarshi hujumda Oday Al Sayfi darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib bordi, Nesterovdan o'tgan hujumchining zarbasini Krimec shundoqqina darvoza chizig'i yonidan qaytarib yubordi

50.
Kapadze to'pni Rashidovga uzatdi, Dmeyri xavfli qaytardi. Termamiz qanotdan juda xavfli hujum tashkil etdi. Yuqoridan oshirilgan to'pni Muhammadiev darvoza tomon yo'lladi, himoyachilar darvozabonga ish qoldirishmadi.

49.
O'yin xuddi birinchi bo'lim boshidagi kabi maydon markazida kechmoqda. Hozirgi vaziyatda Sayfiev himoyada ishonchli o'ynadi va xavfli bartaraf etdi

47.
Aytgancha OK-2015dagi guruhdoshimiz Xitoy terma jamoasi bugun Falastin bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Bahsda hisob ochilmadi - 0:0.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Davom etamiz. Hozircha jamoamiz safida o'zgarish yo'q

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 1:1

44.
O'ng qanotda Muhammadiev xatoga yo'l qo'ydi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Sayfiev qaytarib yubordi.

42.
Sardor Rashidovning golini TAS-IX hududida tomosha qiling.



41. Muhammadiev-Iskanderov-Kapadze-Rashidov kombinaciyasidan so'ng Sardor darvozaga zarba berdi. To'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi. Juda xavfli vaziyat!

39.
Iskanderov burchak to'pini amalga oshirdi. SHafi to'pni qaytardi, Anzur Ismoilov biroz chaqqonroq harakat qilganida hisobda oldinga chiqib olardik. 

38.
O'yin tempi biroz tushdi. Futbolchilarimiz to'pni bir birlariga uzatib turishibdi. Rashidov markazda turgan To'raevni to'p bilan taminladi. "Lutti"ning zarbasi Dmeyriga tegib maydon tashqarisiga yo'l oldi. Burchak to'pi

33.
Sardor Rashidov o'ng qanotdan oldinga o'tdi. Muhammad Dovud yiqilib to'pni qo'li bilan to'xtatib qoldi. Hakam o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi. Iordaniyaning hujumi zarba bilan yakunlandi. Bu safar Ignatiy o'z darvozasini munosib himoya qila oldi.

32.
To'p uchun kurashda Muhammad Al Dmeyri va Lutfulla To'raev to'qnashib ketishdi. Amir SHafi hakamga o'z etirozini bildirdi. Bosh hakam darvozabonni og'zaki tarzda ogohlantirdi. Aytgancha Farrux Sayfiev maydonga qaytgan, barchasi joyida



31. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SARDOR RRRRASHIDOV! Sardor juda kuchli zarba bilan Amir SHafi qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi, tajribali posbon hech nima qila olmay qoldi - 1:1!



30.
Jamshid Iskanderovning to'p uzatishidan so'ng Farrux Sayfiev darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi. Sayfiev to'pni o'ziga bo'ysundirayotganda SHafi uni o'z jarima maydoni ichida yiqitdi. Penalti! Farruxga shifokorlarimiz yordam ko'rsatishdi.

29. Iordaniyaning yana bir qarshi hujumi.
Yana o'sha Oday Al Sayfida qulay imkoniyat bo'ldi. Bu safar Muhammadiev yaxshi o'ynab to'pni undan olib qo'yib sheriklariga oshirib berdi.

28. Ogohlantirish. O'zbekiston. Javlon Ibrohimov.
Iordaniyalik Ahmad Eliasga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi.

26.
To'raevdan yana bir to'p uzatish. Biroq bu safar Tariq Xattabning harakatlari tufayli to'p Nasimovga etib bormadi.



24.
Lutfulla To'raev chiroyli pasi bilan Bahodir Nasimovni qulay vaziyatga chiqardi. Nasimov bu imkoniyatdan foydalana olmadi. To'raev bugun markazda yaxshi o'ynamoqda

21.
Bir qator etakchi yarim himoyachilar maydonga tushishmagani o'yin asosan Rashidov orqali tashkil etilmoqda. Biroq sardorga biroz aniqlik etishmayapti

18.
Endi Muhammadiev xatoga yo'l qo'ydi. Abdulloh Dib undan o'tib ketayotganida SHuhrat qo'pollik bilan uni to'xtatib qoldi. 27 metrlardan jarima to'pi belgilandi.

16. GOL! Iordaniya gol urdi. O'ng qanotdan oshirilgan to'pni Krimec qaytara olmadi, Oday Al Sayfi chamasi 9 metrlardan darvozani ishg'ol qildi - 0:1.

14.
Termamizning burchak to'pi iordaniyaliklar qaytarishdi. Raqibning qarshi hujumini Farrux Sayfiev qo'pollik evaziga to'xtatishga majbur bo'ldi. Oddiy o'yindagi vaziyat

12.
Iordaniyaning kam sonli hujumlaridan biri burchak to'pi bilan tugadi. Abdulloh Dibning zarbasi Muhammadievga tegib maydonni tark etdi. Ahmad Elias burchak to'pini amalga oshirdi. Himoyadagi pala partishlikdan so'ng berilgan zarbadan so'ng Nesterov to'pni qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi.

10. Tashabbus to'lig'icha O'zbekiston terma jamoasi tomonida. Iskanderov va Rashidov bir birini juda yaxshi tushunishmoqda. Hozir Muhammadiev o'z qanotidan oldinga o'tdi. Iordaniya terma jamoasi faqat qarshi hujumda o'ynashga majbur bo'lmoqda.

7. Xavfli vaziyat! Kapadze to'pni Iskanderovga oshirdi, Jamshid ikki futbolchini aldab to'pni Rashidovni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Darvozabon oyoqlari bilan to'pni qaytarishga erishdi. Qaytgan to'pni Javlon Ibrohimov darvozaga yo'lladi, Amir SHafi o'z o'rnida.

5. Sardor Rashidov chap qanotdan to'pni raqib jarima maydoni yoniga oshirib berdi. Jamshid Iskanderov to'pni to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq va xavfli zarba! 


2. Dastlabki daqiqalarda har ikkala jamoa futbolchilari to'pni maydon markazida ushlab turishdi. Raqiblar bir birlarini o'rganishmoqda. Iordaniyaning dastlabki hujumini Krimec bartaraf etdi. Oday Al Sayfining qanotdan jarima maydoniga uztgan to'pini Nesterov qiyinchiliksiz ushlab oldi.

1. Bugungi o'yinda O'zbekiston terma jamoasi azolari oq rangli formada, Iordaniya futbolchilari esa qizil rangli formada harakat qiladi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!


- O'yinoldi fotogalereyani ko'rmaganlar uchun havola.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da emas 17:45da boshlanadigan bo'ldi.

 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика