So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  4 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  4 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  7 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  3 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  22 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  14 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  46 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

"O'zbekiston hech kimdan qo'rqmasligini namoyish etdi". Saytimizning rossiyalik xodimi Vetnam ustidan qozonilgan g'alaba haqida qanday fikrda? Yangiliklar

"O'zbekiston hech kimdan qo'rqmasligini namoyish etdi". Saytimizning rossiyalik xodimi Vetnam ustidan qozonilgan g'alaba haqida qanday fikrda?

Campionat.asia muxbiri Nikolay Egorichev o'zining Telegram kanalida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining kechagi o'yini haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Kecha Vetnam ustidan qozonilgan g'alaba turlicha taassurot qoldirdi.



Bir tomondan birinchi bo'limda yirik g'alaba va tanaffusdan keyingi sokin o'yin guvohiga aylandik. Kerakli natijani taminlanganidan so'ng suratni biroz pasaytirdik – chorak final uchun kuchni tejadik.

Boshqa tomondan, saudiyaliklar tribunada o'tirib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi qanday o'ynaganini o'z ko'zlari bilan ko'rishdi. Men Kapadzening qo'lida hech qanday kuzir qolmasligidan qo'rqyapman.



Ko'rinib turibdiki, barcha jamoalar navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'rishmoqda, raqibni o'rganishmoqda. Ammo ularda ko'pincha tor doiradagi o'rganishlar – o'yin qurishning asosiy tamoyillari mavjud xolos. Kecha esa saudiyaliklar butun birinchi bo'limni o'zbek futbolchilarining qanday o'ynashini kuzatish bilan o'tkazdilar. Keyin ular yana qo'shimcha tayyorgarlik olib borishadi. Demak, bu kichik, ammo baribir ustunlik.

SHu bilan birga, Vetnamning yirik hisobda mag'lub etilishi Saudiya Arabistoniga psixologik bosim o'tkazishi mumkin. O'zbekiston hech kimdan qo'rqmasligi va pley-offda qulayroq raqibga tushish haqida o'ylab o'tirmasligini ko'rsatdi.



Vetnamliklar ikkinchi o'rinni egallab, Iroqqa raqib bo'ladigan bo'lishdi, bu ham albatta chakki emas. Timur Kapadze o'yindan keyingi matbuot anjumanida takidlaganidek, pley-off bosqichida kuchsiz raqib qolmadi. Sakkizta jamoadan faqat Indoneziya kuchsizroq ko'rinmoqda. Qolganlarning barchasi, u yoki bu tarzda, jiddiy raqib sanaladilar.

SHunday ekan, jamoamizning Vetnamni ishonchli ravishda mag'lub etishdan boshqa chorasi qolmadi. CHorak finalga kim qanday tayyorgarlik bilan etib boradi, buyog'ini endi bilib olamiz.


Nikolay Egorichev 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика