O'zbekiston – Gokong - 0:0. (Birinchi bo'lim haqida qisqacha)
15 sen 2014 17:05
Yangiliklar

O'zbekiston – Gokong - 0:0. (Birinchi bo'lim haqida qisqacha)
Osiyo o'yinlarida o'z ishtirokini boshlagan O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi ilk o'yinini Gonkongga qarshi o'tkazmoqda.
Birinchi taymdan so'ng hozircha hisob 0:0. O'yin borasida to'xtaladigay bo'lsak, har tomonlama ustunlik bizning futbolchilarda bo'ldi. Butun taym davomida Gonkong nari borsa bir yoki ikki marta keskin hujum tashkil qildi. Qolgan vaziyatlarda hammasi bizning nazoratimizda bo'ldi.
Futbolchilarimiz bemalol hisobni ochishlari, hatto bittadan ko'p gol urishlariyam mumkin edi. Biroq doimgidek qulay vaziyatlardan foydalana olmaslik pand berdi, qolaversa, Gonkong to'lig'icha himoyaga yotib olgan. Birinchi taymda raqib o'n kishi bo'lib himoyalandi. Biznikilardan Islom To'xtaxo'jaev, Igor Sergeev, Sardor Rashidov, Navro'zbek Alimov, Vladimir Kozak kabi futbolchilar to'p kiritishlari mumkin edi, ammo omad kelmadi. Endi ikkinchi taymda hujumlarni yanada kuchaytirishga to'g'ri keladi.
X.Xoliqov.

Fikrlar