O'zbekiston g'alaba qozonsa Janubiy Koreya bosh murabbiyi ishdan ketadi
17 okt 2016 08:01
Yangiliklar
O'zbekiston g'alaba qozonsa Janubiy Koreya bosh murabbiyi ishdan ketadi
JCH-2018 saralashi 3-bosqichi 5-turida Janubiy Koreya va O'zbekiston terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.
15 noyabr kungi bahs Seul shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuvda Janubiy Koreya mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsa bosh murabbiy Uli SHtilike o'z lavozimidan ketadi. Bu haqda KORFootballNews nashri xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya dastlabki 4ta turda 2ta g'alaba, 1ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etdi.
Fikrlar