So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  3 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  5 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

O'zbekiston futzal terma jamoasida ikki ispaniyalik murabbiy ish boshladi Yangiliklar

O'zbekiston futzal terma jamoasida ikki ispaniyalik murabbiy ish boshladi

O'zbekiston terma jamoasi Litvadagi Jahon chempionatiga tayyorgarlni davom ettirmoqda va Toshkentda yig'in o'tkazadi.

Ushbu yig'inga 20 nafar futzalchi jalb etilgan.

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Yaqinlashib kelayotgan mundialga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida futzalchilarimiz jahonning etakchi futzal terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etib kelmoqda.

Xususan, Bahodir Ahmedov shogirdlari o'tgan hafta Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Venesuela bilan kuch sinashdi. «Yunusobod» sport majmuasida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuvlarda dastlab durang natija, keyingi bahsda esa vakillarimiz g'alaba qozondi.

Jahon chempionati uchun tuzilgan tayyorgarlik rejasiga asosan futzalchilarimiz 3-18 iyul kunlari Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov ushbu yig'in uchun 20 nafar futzalchini jalb etgan.

SHuningdek, terma jamoamiz jismoniy tayyorgarligi oshirish va darvozabonlar mahoratini yanada yaxshilash maqsadida ispaniyalik Karlos Korona Suares hamda Arkaitz Sisniega Gomes murabbiylar shtabida ish boshlaydi.


Yig'inga chaqiruv olgan futzalchilar ro'yxati:

1.  Elmurodov Abbos —  Darvozabon — «Xuasin J.»

2.  Eliboev Ravshan — Darvozabon — «Paxtakor»

3.  Umarov Rustam — Darvozabon — AGMK

4.  Erkinov Xushnur — Himoyachi — «Metallurg»

5.  Adilov Mashrab — Himoyachi — «Paxtakor»

6.  Raxmatov Anasxon — Himoyachi — AGMK

7.  Xamroev Ilhom — Himoyachi — AGMK

8.  Raxmatov Dilshod — Himoyachi — «Xuasin J.»

9.  Sadiev SHaxzodjon — Himoyachi — «Xuasin J.»

10.  Ibragimov Isoxon — Himoyachi — AGMK

11.  Ropiev Ixtiyor — Hujumchi — AGMK

12.  Nishonov Xusniddin — Hujumchi — AGMK

13.  CHoriev Davron — Hujumchi — AGMK

14.  Jo'raev Sunnatilla — Hujumchi — «Paxtakor»

15.  To'lqinov Elbek — Hujumchi — «Maksam CHirchik»

16.  Usmonov Akbar — Hujumchi — «Paxtakor»

17.  Axadjonov Muzaffar — Hujumchi — AGMK

18.  Solixov Xayrulla — Hujumchi — «Lokomotiv»

19.  SHavkatov Dilmurod — Hujumchi — «Paxtakor»

20.  Ibragimov Davlat — Hujumchi — «Xuasin J.»


Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика