O'zbekiston futzal terma jamoasi Bangkokda!
20 iyu 2021 21:48
Yangiliklar
Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston futzal terma jamoasi Tailandda o'tadigan “Continental” xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.
Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz bugun Bangkok shahriga etib borib, koronavirusga test topshirdi va "Al Meroz" mexmonxonasiga joylashdi.
Malumot o'rnida, futzalchilarimiz turnirning dastlabki bosqichida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan o'zaro kuch sinashadi.
"Continental" turniri 25 iyul kuni start oladi. Birinchi turda terma jamoamizga Kosova vakillari raqiblik qiladi.
Darvozabonlar: Rustam Umarov (AGMK), Abbos Elmurodov ("Xuaxin Jizzax"), Ravshan Eliboev ("Paxtakor")
O'yinchilar: Ixtiyor Ropiev, Anasxon Rahmatov, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Davron CHoriev, Muzaffar Ahadjonov (barchasi AGMK), Mashrab Odilov, Sunnatilla Jo'raev, Akbar Usmonov (barchasi Paxtakor), Xushnur Erkinov ("Metallurg"), Dilshod Rahmatov ("Xuaxin Jizzax"), Elbek To'lqinov ("Maksam CHirchiq").
Fikrlar