O'zbekiston futzal federaciyasi "Kelme" bilan hamkorlik qiladi
24 mar 16:51
Yangiliklar


O'zbekiston futzal federaciyasi "Kelme" bilan hamkorlik qiladi
O'zbekiston futzal federaciyasi jahonning sport kiyimlari va aksessuarlari ishlab chiqaruvchi mashhur brendlardan biri "Kelme" bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
O'z navbatida, tomonlar vaziyatdan kelib chiqib, hamkorlik muddatini uzaytirish borasida ham kelishuvga erishdi.
Endilikda O'zbekistonning barcha futzal terma jamoalari ispan brendi etkazib beradigan liboslardan foydalanadi.
Eslatib otamiz, "Kelme" OFK (Osiyo futbol konfederaciyasi)ning rasmiy hamkori hisoblanadi. Shuningdek, juda ko'plab xorij futzal klublari mazkur kompaniya liboslarida maydonga tushishadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar