So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  9 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  5 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

O'zbekiston futbolidagi barcha rahbar, murabbiy va futbolchilar diqqatiga! Yangiliklar

O'zbekiston futbolidagi barcha rahbar, murabbiy va futbolchilar diqqatiga!

Tinchligimiz va Mustaqilligimiz sharofati bilan bugungi kunda o'zbek futbolining moliyaviy holati ko'plab davlatlarga solishtirganda bir muncha yuqori.

2014 yil so'nggida "Nasaf"ning sobiq futbolchisi Kamoliddin Kenjaevga atab o'tkazilgan xayriya tadbirimizda 70 000 000 so'mga yaqin pul yig'ildi. Futbol jamoatchiligimizda saxiy kishilarning ko'pligi kishini quvontirmay qo'ymaydi. 

"Sayyod.com" sayti vakillari shou-biznes azolari bilan har oyning birinchi juma kunida "Gemotologiya" instituti qoshida leykemiya bilan og'riganlar shifoxonasidagi bemor bolalar uchun pul yig'adilar. 

1-iyun "Xalqaro bolalarni muhofaza qilish" kuni munosabati bilan biz ham Siz FUTBOL JAMOATCHILIGI azolari yordamida mana shu akciyaga o'zimizning munosib ulushimizni qo'shishni maqsad qildik.

O'zbekiston chempionatida faoliyat yuritayotgan futbolchilar, hakamlar, murabbiy va rahbarlar. Fan-klubning etakchilaridan tortib, O'zbekiston terma jamoasi azolari. Xorijda to'p tepayotgan legionerlar va faoliyat olib borayotgan mutaxassislar. O'FF hamda PFL xodimlari, keling-qo'shiling Markaz vakillari. Xullas hamma-hamma loyihada ishtirok etsa nur ustiga alo nur bo'lardi. 

Afsuski, "K.K.26" akciyasida hamma klublar ham faol ishtirok etmadilar. Bu "aybingiz"ni bolalar orqali yuving. "Leykemiya" (rak) kasalligiga chalingan bolalarning davo topish imkoniyatlari yuqori bo'lgani uchun ham shu loyihada ishtirok etishni maqsad qildik. Siz tomoningizdan ko'rsatiladigangan moddiy yordam ularning hayotini saqlab qolishi mumkin.

Legioner futbolchilar men bilan bog'lana oladilar. Oliy liga vakillaridan esa o'z matbuot kotiblari orqali bog'lanishlarini so'rab qolardik. Siz tomoningizdan berilgan pullar tiyin-tiyinigacha loyiha tashkilotchilari bo'lgan "Sayyod" saytiga etkaziladi. 

1 - iyun kuni oliy liga o'yinlari bo'lmaydi. SHunday ekan, Toshkentda bo'lib turgan futbolchilarni ham tadbirga taklif etamiz. Behol va og'ir ahvolda yotgan bolalar o'z yulduzlarini ko'rsalar, hech bo'lmasa ruhiy davo topadilar.

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика