So’nggi yangiliklar

19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   0 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  9 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   9 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  4 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  48 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  2 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  51 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  16 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0

O'zbekiston futboli vakillari ham Sardoba fojiasidan jabrlanganlarga ko'mak ko'rsatdi Yangiliklar

O'zbekiston futboli vakillari ham Sardoba fojiasidan jabrlanganlarga ko'mak ko'rsatdi

Bugun O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbek futboli vakillari Sirdaryo viloyatida yuz bergan Sardoba fojiasidan ziyon ko'rgan oilalar holidan xabar olishdi.

Ushbu xayriyada O'zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, AGMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hamda yaqin o'tmishning mashhur futbolchilari Timur Kapadze va Azizbek Haydarov ishtirok etishdi.

Ushbu vaziyatga befarq bo'lmagan futbolchi va murabbiylar tomonidan katta miqdorda pul mablag'lari xayriya qilindi. Bugun futbolimiz vakillari ushbu pul mablag'lari va oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim kechaklardan iborat xayriya yuklarini 300 ta oilaga tarqatishdi.

O'zbek futbolining mashhur vakillari sardobalik aholi bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashgan holda ruhiy dalda berishga harakat qilishdi.

Ushbu xayriya jarayonida O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari hamda legioner futbolchilarning hissasi katta bo'lganligini takidlab o'tish zarur. SHuningdek, mahalliy murabbiylar va futbolchilar ham jabrlangan oilalarga yordam ko'rsatishda faol bo'lishmoqda.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика