So’nggi yangiliklar

20:01Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  0 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  13 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  7 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  1 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  9 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1 14:45Упамекано ҳам сафдан чиқди ва Франциянинг ўйинларини ўтказиб юборади  1 14:14Остон Ўруновнинг жароҳати жиддий бўлиб чиқмади ва у терма жамоага ёрдам бера олади   15 13:56"Goal" АПЛнинг XXI асрдаги энг яхши мураббийлари рейтингини тузди  7 13:39Бугун Тошкентга учиб келадиган футболчи Италия А сериясига кўчиб ўтмоқда  3 13:07"Барселона" "Камп Ноу" абонементларининг сотувини бошлади  0

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi ilk bor O'zPFL bilan hamkorlikda FIFA talablariga javob beradigan mehnat shartnomasini joriy qildi Yangiliklar

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi ilk bor O'zPFL bilan hamkorlikda FIFA talablariga javob beradigan mehnat shartnomasini joriy qildi

Kamoliddin Murzoev rahbarligidagi O'zbekiston futbolchilar uyushmasi 2021 yil uchun O'zPFL bilan hamkorlikda FIFA talablariga javob beradigan, standartlashgan mehnat shartnomasini tuzib chiqdi.

Ushbu shartnoma ilk bor O'zbekistonda sinov tariqasida bir xil kuchga ega bo'lgan 4 nusxada tuziladi, imzolangan va muxrlangan nusxasini esa futbolchi O'zPFL ro'yxatidan o'tkazmasdanoq o'zida olib qolishi shart hisoblanadi. Quyida shartnomaning namunasini ko'rishingiz mumkin.



MEHNAT SHARTNOMASI

1.ATAMALAR

2. UMUMIY QOIDALAR

3. ISHCHINING MAJBURIYATLARI
3.1.17 Ishchi agar klub tomonidan ko'rsatilgan shifokor / tibbiyot tashkilotining jarohat bo'yicha tibbiy xulosasidan norozi bo'lsa, u o'z hisobidan mustaqil shifokor / tibbiyot tashkilotidan sport jarohati bo'yicha qo'shimcha tibbiy xulosani so'rashga haqlidir. Agar tomonlar o'rtasida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, shunday holatda olingan xulosalar o'rtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda unda Ishchi va Ish beruvchi (ushbu mehnat shartnomasi Tomonlari tomonidan) birgalikda belgilanadigan shifokor / tibbiyot tashkilotiga uchinchi xulosani olish uchun murojaat qilishlari shart. Bunday vaziyatda chiqimlar avvalboshdan taqdim etilgan tibbiy xulosasi to'g'ri chiqadigan tomonga qoplab beriladi (endilikta har bir futbolchi FIFA talabiga kura zarur bulgan hollarda 3 taraf mustaqil shifokor hulosasini olishi va uni taqdim qilish xuquqiga ega)

4. ISH BERUVCHINING MAJBURIYATLARI
4.1.9 Ish beruvchi Ishchining fuqarolik huquqlarini (xususan, so'z erkinligi huquqi va boshqalarni), shuningdek uning o'z huquqlarini himoya qilish huquqini hurmat qilishi va tan olishi, shuningdek Ishchiga nisbatan bo'ladigan har qanday kamsitishga yo'l qo'ymasligi lozim (futbolchilar uz fuqarolik huquqlaridan foydalanishlari hamda huquqlarini himoya qilishlari mumkin)

5. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

6. ISH VA DAM VAQTLARI
6.2 Ishchiga 24 kalendar kuni miqdorida haq to'lanadigan yilda bir martalik mehnat tatili belgilanadi. Lekin mehnat tatili Ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan dam olish jadvaliga muvofiq tarzda beriladi va u faqat futbol mavsumlari oralig'ida beriladi. (FIFA talablariga kura tulab beriladgan mehnat tatili olishlari mumkin)

7. MEHNATGA HAQ TO'LASH
7.3. Ish beruvchining qaroriga ko'ra, Ishchiga mukofot pullarini to'lash tartibiga asosan, har bir natija keltirgan o'yinda sport muvaffaqiyatlariga erishgani uchun qo'shimcha tarzda mukofot puli berilishi mumkin. (PFL bilan kelishilgan holda mukofot puli summasi shartnomada yoki ilovasda kursatilishi shart)
Mukofot puli summasi_________(SO'M)
___________(Futbolchi imzosi) (shartnoma mudati,klub va futbolchi majburyati,pul bilan bogliq va alohida shartlar kursatilgan joylarda tanishib chiqib imzo chekish)

8. ISHCHINING SUG'URTALARI

9. MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH
9.5. Ishchining boshqa Ish beruvchiga o'tish shartlari, tartibi hamda kompensaciya to'lash masalasi “Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha reglament” bilan tartibga solinadi. (endilikda futbolchining klubdan klubga utish yuzasidan barcha masalalar “Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha reglamentning yangi taxriririda kurib chiqiladi)

10. ALOHIDA SHARTLAR
10.2. Amaldagi SHartnoma muddati tugamay turib, Ishchi uchun boshqa Ish beruvchidan taklif tushsa, biroq amaldagi Ish beruvchi o'z Ishchisini mehnat shartnomasini bekor qilishini istamasa va shu paytning o'zida Ishchi yangi taklifga rozi bo'lsa, taklif bilan chiqqan tomon amaldagi Ish beruvchiga kompensaciya to'lab berishi lozim. Kompensaciya miqdori amaldagi shartnomaga ko'ra Ishchi uchun to'langan oylik-maosh, rag'batlantirish va mukofot pullari umumiy yig'indisidan kam bo'lmasligi kerak.
Ishchi (yoki yangi Ish beruvchi) tomonidan SHartnoma bir tomonlama bekor qilingan taqdirda, Ishchi tomonidan ko'rsatiladigan va Ish beruvchiga tegishli bo'ladigan umumiy summa _______________ ni tashkil etadi va buni Ish beruvchi tasdiqlaydi.
Kelishildi: _______________ (Ishchi)
__________________ (Ish beruvchi). (Tovon pullari va transfer summasi futbolchi va klub roziligi bilan belgilanadi)

11. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

12. YAKUNIY QOIDALAR
12.1 Ushbu SHartnoma Klub va Futbolchi tomonidan to'rt nusxada tuzildi va imzolandi, nusxalarning har biri bir xil qonuniy kuchga ega. Futbolchi SHartnomaning bitta nusxasini O'zPFLda ro'yxatdan o'tishdan avval oladi, qolgan uch nusxa esa ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ng quyidagi tartibda tarqatiladi: ikkinchi nusxa klubda saqlanadi, uchinchi nusxa klub tomonidan O'zPFLga taqdim etiladi, to'rtinchi nusxa esa futbolchiga qaytariladi. (yuzaga kelgan vaziyatlarni hisobga olgan holda 2021yil mavsumi uchun eksperiment tariqasida shartnomanin 4 nusxasi joriy qilindi)

13. TOMONLARNING SHAXSIY MA'LUMOT VA IMZOSI



Mazkur shartnoma haqida batafsil malumot olish maqsadida uyushma rahbari Kamoliddin Murzoevga yuzlandik.


"Xabaringiz bor kecha instagram sahifamizga bu yil uchun mehnat shartnomasini FIFA talablariga muvofiq, standartlashtirilgan ilovasini joyladik. Bu shartnomani O'zPFL bilan hamkorlikda amalga oshirdik desam mubolag'a bo'lmaydi. Bizning bosh tashkilotimiz FIF Proga har yili reglament, shartnomalarni va umumiy FIFA  talablari bo'yicha hisobot topshirib boramiz. O'sha hisobotlar bo'yicha bizga kiriteriyalar yuborishadi, qaysi bandda qanday o'zgarish qilishimiz kerak, yana qanday qo'shimchalar qo'shishimiz lozim va hokazo. Biz bu borada O'zPFLga taklif bildirdik, ular esa mana shu jihatlarni birgalikda qilishni taklif qilishdi. So'nggi 2-3 oy davomida yozda tuzilgan memorandum asosida reglament va shartnomalarga o'zgartirish kiritish hususida ish olib bordik. Bu yildan yilga takomillashib boradigan hujjat hisoblanadi. Biz qonunchiligimizda ko'rsatilgan bandlarni ham etiborga oldik. 

Yana bir narsani takidlab o'tgan bo'lardim, avvalgi yillarda shartnomalar ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingina kuchga ega edi. Joriy yilda futbolchilarimiz uchun O'zPFL bilan hamkorlikda shartnomaning to'rtinchi nusxasi ham tadbiq etiladi. Futbolchi klub bilan shartnoma imzolab, klub vakili muhr qo'yganidan so'ng to'rtinchi nusxa futbolchining o'zida qoladi. Natijada O'zPFL ro'yxatidan o'tkazilgan shartnoma bilan teng kuchga ega bo'ladi. 

Mavsum o'rtasida shartnomalarni bekor qilish holatlari avval ham uchragan. 2021 yilgi reglamentda bunday holatlar qanday echim topilishi batafsil yozilgan. Rossiya, FIFA reglamentlaridan o'rganilgan holda va yana qaysidir tomonlari  O'zbekiston sharoitiga to'g'ri keladigan shartnomani tuzib chiqdik. FIFPro huquqshunoslaridan ham maslahatlar oldik. 

Yangi joriy etilgan shartnoma barcha uchun qo'llaniladi. Legionerlar bilan yuzaga keladigan muammolarga to'xtalsam, shu yildan etiboran O'zPFL bilan hamjihatlikda O'FA qoshida "Nizolarni hal qilish palatasi" ustida ish olib boriladi. Bunday palataga ega bo'lgan mamlakatda legionerlar ham FIFAga emas o'zimizning hozir aytib o'tgan palatamizga murojaat qilishi mumkin. Kuchlilik darajasi shundaki qarorlar amalda qo'llanilsa xuddi FIFA kabi choralar ko'riladi. Agarda bu mehanizm to'g'ri yo'lga qo'yilsa keyingi yillarda o'zimizda legioner futbolchilar bilan nizolarni hal qila olish imkoniyatiga ega bo'lamiz",- deydi Kamoliddin Murzoev.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика