So’nggi yangiliklar

01:00Паслар даҳоси: Хавининг Эл-Класикодаги энг яхши 5 ўйини  0 00:39Райан Гиггз Роналдунинг МЮдаги илк йилларини эслади  2 00:11Бернарду Силва: "У "Манчестер Сити" тарихидаги энг яхши футболчи"  0 23:47"Реал" Винисиуснинг ўрнига футболчи топиб қўйган  4 23:18ЛаЛиганинг апрель ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  1 22:53"Бухоро" — "Машъал" учрашуви қаерда бўлади?  3 22:35"Арал" Про-лигада ўз майдонида сўнгги марта қачон мағлуб бўлганди?  0 22:04"Олимпик" илк ғалабасини Қорақалпоғистонда қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 21:46Винисиус Роналду каби маош олишни истамоқда  17 21:17Анри Бундеслигада иш бошлаши мумкин  1 20:52Неъматилло Қуттибоев: "Футболчилар ўйин бошланишидан олдин ғалаба қозондик деган кайфиятда майдонга тушишди"  1 20:22"Реал" "янги Криштиану Роналду"га қизиқмоқда  4 20:02Бинтсиз тез ёрдам, қулфланиб қолган эшик, кечиккан суҳандон - ПФЛ 3 клубга жарима солди  4 19:45"Манчестер Сити" "Реал"нинг икки ўйинчиси учун 200 млн евро тўлашга тайёр  4 19:21Мирко Еличич: "Сўнгги икки ҳафтада бешинчи ўйинимизни ўтказяпмиз. Суперлигага чиқиш вазифаси йўқ"  0

O'zbekiston futbol hakamlari markaziga yangi direktor tayinlandi Yangiliklar

O'zbekiston futbol hakamlari markaziga yangi direktor tayinlandi

Bugun Bunyodkor stadioni majlislar zalida futbol hakamlari va nazoratchilari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

"Yig'ilishda dastlab O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Odil Ahmedov so'zga chiqib, O'zbekiston futbol associaciyasi prezidentining 2022 yil 15 iyun kunidagi buyrug'iga asosan Laziz Qo'chqorov O'zbekiston futbol hakamlari markazi direktori etib tayinlanganini takidlab, yig'ilish ishtirokchilariga uni tanishtirdi.

So'ngra Laziz Qo'chqorov so'zga chiqib, bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirgan holda O'zbekiston futbol hakamlari markazi xodimlari, hakamlar va hakam nazoratchilari bilan yaqin hamkorlikda ishlash hamda mamlakatimizda hakamlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni astoydil bajarishga urinishini aytib o'tdi.

Yig'ilishda futbol bo'yicha hakamlik faoliyatida erishgan muvaffaqiyatli tajribani ommalashtirish, uni yangi pog'onaga ko'tarish orqali futbol sohasida hakamlikni takomillashtirish, professional futbol musobaqalariga VAR tizimini joriy etishni kengaytirish, hakamlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida tanlab olish mezonlarini isloh etish, yuqori malakali hakamlar va nazoratchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish kabi vazifalar belgilab olindi.

SHu bilan birga yig'ilishda hakamlar va nazoratchilar tomonidan bir qator takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi. Bildirilgan takliflar atroflicha o'rganib chiqilib, kelgusida hakamlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan ishlarni olib borishga kelishildi", — deyiladi xabarda.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика