So’nggi yangiliklar

10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  0 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  7 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  6 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  1 01:18"Атлетико" ёзги трансферлар учун жуда катта маблағ ишлатади  3 00:55Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди, "Динамо" эса сафарда ўн киши бўлиб зафар қучди  2 00:53Ҳусайн Норчаев: "Бугун ҳимояда чалкашликлар бўлди. Кейинги ўйинларда яхшироқ ҳаракат қиламиз"  0 00:29Шароф Муҳиддинов: "Футбол 90-дақиқадан кейин ҳам ўйналади"  4 23:58Брайан Риаскос: "Бу голлар тасодиф эмасди"  10 23:32Рўзиқул Бердиев: "Икки очко йўқотдик деб ўйлайман"  29 23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  8

O'zbekiston Futbol Federaciyasi, Super liga va Pro-liga uchun yangi logotip yaratiladi Yangiliklar

O'zbekiston Futbol Federaciyasi, Super liga va Pro-liga uchun yangi logotip yaratiladi

Teglar :  O'FF
O'zbekiston Futbol Federaciyasi Digital Panda kompaniyasi bilan hamkorlikda keng ko'lamdagi akciya o'tkazishga hozirlik ko'rmoqda.

O'zbekistonda turli sohalar kundan-kunga rivojlanmoqda, shu bilan birga futbolimiz ham yangi bosqich arafasida. O'zbekiston Futbol Federaciyasi islohotlar orqali yurtimizda eng ommabop sport turi hisoblangan futbolni yuqori bosqichga olib chiqishga harakat qilmoqda.

Bu borada qator chora-tadbirlar bilan birgalikda O'zbekiston Futbol Federaciyasi logotipini o'zgartirish, shu bilan birga, kelasi yildan tashkil etiladigan Super liga va Pro-ligalar uchun ham yangi logotip yaratishga qaror qildi.

Agarda siz bu tarixning bir bo'lagi bo'lishni va futbolimiz rivojiga o'z hissangizni qo'shishni istasangiz, bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. SHu yilning 1 dekabridan boshlanadigan tanlovda Siz o'z variantlaringizni taqdim etib, qimmatbaho sovrinlar yutib olishingiz va albatta futbolimiz tarixiga kirishingiz mumkin.


Xabarlarimizni kuzatib boring, futbolimiz rivojiga o'z hissangizni qo'shish Sizning qo'lingizda!

«Digital Panda» kompaniyasi haqida qisqacha malumot: Ushbu kompaniya 2015 yildan beri yurtimizda raqamli marketing sohasini rivojlantirishga o'z hissasini qo'shib kelmoqda. 2017 yildan boshlab «Digital Panda» “Mail.ru Group” kompaniyasining O'zbekistondagi eksklyuziv vakili sifatida faoliyat yuritmoqda. SHuningdek, «Digital Panda» “Ucell”, “Beeline”, “UMS”, “Artel”, “Meva”, “Uzdigital TV”, “Dolce & Gabbana”, “TPS”, “Uzmobile”, “Mediapark”, “Multi Mafe”, “Samsung” kabi brendlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.


Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика