So’nggi yangiliklar

09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  10 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  17 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  4 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0

O'zbekiston futbol associaciyasining Evropadagi vakili tayinlandi Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasining Evropadagi vakili tayinlandi

Teglar :  O'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish borasida bir qator islohotlar va chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bu borada futboli rivojlangan mamlakatlar tajribasidan unumli foydalanish maqsadida bir qator Evropa mamlakatlari futbol associaciyalari bilan yaqin hamkorlik yo'lga qo'yilganidan yaxshi xabardorsiz.

Evropa futbolini yaqindan o'rganish, Evropa futbol associaciyalari va kuchli jamoalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida O'FA Evropada o'z vakilini tayinlashga qaror qildi. Unga ko'ra Dilshod Ruzmetov O'zbekiston Futbol Associaciyasining Evropadagi vakili etib tayinlandi.

O'zbekiston Futbol Associaciyasi vakilining Evropadagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo'ladi:

• Futbolchilar, murabbiylar, tibbiyot xodimlari va menedjerlar tayyorlashning (keyinchalik O'zbekistonda qo'llashga mo'ljallangan) zamonaviy Evropa texnologiyasi va nazorati uslublarini o'zida aks ettirgan tajriba va malumotlarni to'plash;

•Evropa Futbol Federaciyalarining O'zbekiston Futbol Associaciyasi bilan hamkorlikka bo'lgan qiziqishlari haqidagi barcha malumotlarni jamlash;

•O'zbek futbolining raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish va O'zbekiston terma jamoasi hamda professional klublarining nufuzli xalqaro musobaqalardagi natijalarini yaxshilash maqsadida, tajribali xorij ekspertlari va mutaxassislarini O'zbekistonda master klasslar o'tkazishga jalb qilish;

•O'zbekiston Futbol Associaciyasi va xalqaro futbol tashkilotlarining o'zaro amaliy uchrashuvlarini tashkil etish ishlarida ishtirok etish.

Malumot uchun Dilshod Ruzmetov 1979 yilda tug'ilgan. Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetida tahsil olgan. Xalqaro huquq bo'yicha bakalavr va magistr darajasiga ega. SHuningdek, Bremen (Germaniya) Universitetining Evropa va Xalkaro huquq bo'yicha master darajali (LL.M.EUR) bitiruvchisi. O'zbek, rus, ingliz va nemis tillarini mukammal biladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика