O'zbekiston FIFA reytingida bir pog'ona pastladi
09 apr 2015 14:25
Yangiliklar
O'zbekiston FIFA reytingida bir pog'ona pastladi
FIFA milliy terma jamoalarning mart oyi uchun reytingini elon qildi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi o'tgan oydagidan bir pog'ona pastlab 73-o'rinda joylashgan. Ayni paytda Mirjalol Qosimov
shogirdlari 483 ochkoga ega. Terma jamoamiz Osiyoda hamon oltinchi o'rinda.
Osiyo qitasida Eron birinchi o'rinda (40-o'rin), Yaponiya ikkinchi (50), J.Koreya esa uchinchi o'ringa tushdi (57). Osiyo chempioni Avstraliya terma jamoasi 63-o'rinda. BAA 68-pog'onada.
Amaldagi Jahon chempionlari Germaniya terma jamoasi umumiy ro'yxatda birinchi o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rinda Argentina joylashgan. Belgiya terma jamoasi jahonda uchinchi o'ringa chiqib oldi.
To'liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin bo'ladi.

Fikrlar