Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. O'zbekiston ertaga oq libosda harakatlanadi
03 okt 2022 16:34
Yangiliklar
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi. O'zbekiston ertaga oq libosda harakatlanadi
Ertaga futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finali doirasida Kuvaytga qarshi uchrashuv o'tkazadi.
Mazkur o'yinda futzalchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda o'ynaydi.
O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.
Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur bosqichdan muvaffaqiyatli o'tishsa, yarim finalda Indoneziya hamda Yaponiya juftligi g'olibiga qarshi bahs olib borishadi.
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022. CHorak final juftliklari bilan tanishing (+to'purarlar)
Fikrlar