O'zbekiston - Eron uchrashuvi chiptalari bugundan sotuvga chiqadi

Tolibjon Qosimov
8 sen 2018, 11:46
Xabaringiz bor, shu yilning 11 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda Eron terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Mazkur o'yinga chiqarilgan chiptalar sotuvi 8 sentyabr (bugun) kuni boshlanadi. Bu haqda O'FA rasmiy sayti xabar berdi. Futbol muxlislari "Milliy" stadion kassalaridan chiptalarni xarid qilishlari mumkin. Chiptalar narxi 20 000, 25 000 va 50 000 (CIP) so'mni tashkil qiladi.



O'zbekiston MTJ - Eron MTJ o'rtoqlik uchrashuvi soat 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz