So’nggi yangiliklar

14:3924 ёшли дарвозабон, кучли жамоани ютган водий жамоаси устози, МТЖ ҳужумчиси — Суперлигада 24-турнинг энг яхшилари  0 14:15Фабио Каннаваро ҳақида билишингиз керак бўлган 15 та факт  0 13:54Гиоргадзе, Абдусаломов, Жалолиддинов, Кенжабоев, Сергеев... Суперлига 24-тур рамзий терма жамоаси  1 13:33"Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабони таълим грантига лойиқ кўрилди  1 13:08"Барселона" собиқ футболчиси Мемфис Депай ноодатий сабабга кўра Нидерландия терма жамоаси ўйинини ўтказиб юборади  3 12:39Капелло Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинлангани ҳақида фикр билдирди  21 12:18"Манчестер Юнайтед" яна бир дарвозабон олиб келмоқчи  0 11:51U-20 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон иштирок этмаётган Чилидаги кичик мундиал қандай ўтмоқда?  2 11:30"Янги аср феномени": Жейми Каррагер Ҳоландни АПЛнинг энг яхши тўпурари деб атади  1 10:49ФИФА кунлари бошланди. Миллий жамоа Кувайт ва Уругвайга қарши. Қолган ёш тоифасидаги терма жамоаларимиз кимлар билан ўйнайди?  6 10:48Жеррард мураббийлик фаолиятини давом эттиришга яқин  2 10:24ОФК ЎФАни катта миқдорда жаримага тортди  32 10:23"Бавария" Англия терма жамоаси футболчиси билан музокараларни бошлади  1 09:56Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси Каннаваронинг тайинланиши ҳақида: "Ассоцация қандай мезонларга таянганини билмайман"  26 09:20Туркиялик футболчининг трансфер нархи 80 миллион евро этиб белгиланди  1

Abramov boshchiligidagi O'zbekiston Toshkentda Eronga yutqazdi Yangiliklar

Abramov boshchiligidagi O'zbekiston Toshkentda Eronga yutqazdi

O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yiinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


O'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - ERON 1:2
8 oktyabr 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Timur Gaynulin, Alisher Usmonov, Ahrol Risqullaev.

Gol: Sardor Azmun 43, - 0:1. Mehdi Taremi 51 penalti, - 0:2. Eldor SHomurodov 53, - 1:2.

O'zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov (15.Murod Xolmuhammedov, 46), 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov (21.Igor Golban, 57), 9.Abror Ismoilov (7.Otabek SHukurov, 57), 10.Jaloliddin Masharipov, 13.Sanjar Qodirqulov, 14.Eldor SHomurodov (11.Igor Sergeev, 77), 18.Lutfulla To'raev (8.Ikrom Aliboev, 57), 19.Jasur Yaxshiboev (20.Xojimat Erkinov, 46).
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Rahimjon Davronov, 6.Aziz G'aniev, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.IbrohimHalil Yuldashev, 23.Odil Hamrobekov.

Eron: 12.Payam Niazmand, 2.Sodiq Moharrami, 3.Ehson Xojsafi (21.Omid Nurafkan, 64), 4.SHojae Halilzoda, 5.Milad Mohammadi, 6.Ahmad Nurullohi, 9.Mehdi Taremi, 11.Vohid Amiri (14.Ali Karimi, 64), 13.Hussayin Kanaanizodegan, 17.Ali Golizoda (7.Saman G'oddos, 75), 20.Sardor Azmun (23.Mehdi Gaedi, 75).
Zaxira: 1.Muhammad Mazaxeri, 22.Amir Obidzoda, 19.Sayid Majid Hussayni, 10.Kaveh Rizoi, 16.Sasan Ansari, 18.Orif G'ulomi, 15.Mojtaba Najarian, 8.Siamak Nemati.

Ogohlantirishlar: Islom Qobilov 77, Sardor Azmun 85.





MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+4. Uchrashuv yakunlandi. O'zbekiston - Eron 1:2

90+3. ZARBA! Jarima maydoni tashqarisidan yo'llangan zarbani Suyunov qaytardi

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi

85. Ogohlantirish. Eron. Zaxiradagi Sardor Azmun ogohlantirildi

83. Masharipovning jarima maydoniga uzatgan to'pini posbon ushlab oldi

77. O'zgarish. O'zbekiston. SHomurodov o'rniga Sergeev

77. Ogohlantirish. O'zbekiston. Islom Qobilov

75. O'zgarishlar. Eron. Ali Golizoda o'rniga Saman G'oddos, Sardor Azmun o'rniga Mehdi Gaedi

68. ZARBAA! Mehdi Taremining zarbasini Suyunov qaytardi!

66. ZARBAAA! Xolmuhammedovning jarimadan yo'llagan zarbasini posbon qaytardi, to'p to'singa tegib qaytdi!

64. O'zgarishlar. Eron. Ehson Xojsafi o'rniga Omid Nurafkan, Vohid Amiri o'rniga Ali Karimi tushdi

61. Vakillarimiz jarima to'piga ega bo'lishdi, Xolmuhammedov uzatgan to'pni himoyachilar qaytarishdi!

57. O'zgarishlar. O'zbekiston. Ashurmatov, To'raev, Ismoilov o'rniga Golban, SHukurov, Aliboev

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ELDOR SHOMURODOV 1:2. Jarima maydoni tashqarisidan gol urdi!




51. GOL! Mehdi Taremi 0:2



50. PENALTI! Terma jamoamiz darvozasiga

46. O'zgarish. O'zbekiston. Alijonov va Yaxshiboev o'rniga Xolmuhammedov va Xojimat Erkinov tushdi

45+1. Birinchi taym tugadi.

43. GOL! Sardor Azmun 0:1. "Zenit" hujumchisi jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan gol urdi. 



40. UXXXXX! Hojisafi o'ng qanotdan to'pni uzatdi, Azmun zarba berishiga Lutfulla To'raev yo'l qo'ymadi! 

34. ZARBAA! Sardor Azmunning 20 metrlardan yo'llagan zarbasini Suyunov ushlab oldi!

32. SHomurodov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

31. ZARBA! Jarima maydoni tashqarisidan to'pni egallab olgan SHomurodov jarima maydoni ichiga kirib zarba berdi, noaniq

28. ZARBAAAAAA! SHomurodovning oshirgan to'pini Sanjar Qodirqulov chap oyoqda darvozaga zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi!



27. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni himoyachilarimiz qaytarishdi!

23. Alijonov hozir xatoga yo'l qo'ydi va yaxshiyam Qobilov to'pni qaytarib qoldi

21. UXX! Yaxshiboev raqib jarima maydoni ichida yiqitildi, hakam penalti yo'q deb topdi. Takroriy lavhalar raqib Jasurning oyog'ini bosib olganini ko'rsatdi. 

 



21. Yaxshiboevning burchakdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi

15. Xavfli vaziyat! Azmunning zarbasi yo'liga Qobilov to'g'anoq bo'ldi

14. ZARBA! Nurullohining zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi! 

10. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Qobilov boshi bilan qaytardi, Suyunov to'pni ushlab olayotganda Azmun unga qo'pol o'ynadi deb topildi

8. UXXXXX! Suyunov jarima maydonini tark etdi va to'pni raqibga oshirib berdi, Azmunning zarbasi noaniq ketdi! 



6. Yaxshiboev burchak to'pi ishladi va o'zi to'pni burchakdan oshirdi, Qobilovning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

5. Xavfli vaziyat! Mehdi Taremi jarima maydoni ichida to'pni to'xtata olmadi

4. Yaxshiboev o'ng qanotdan oldinga o'tdi va ikki raqib orasida qolib ketdi

3.Dastlabki daqiqalarda forslar to'pni o'zida saqlab turishibdi

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Navbat O'zbekiston davlat madhiyasiga! 

- Dastlab Eron davlat madhiyasi yangramoqda

- Jamoalar maydonga tushib kelishdi

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi

Reyting: -150   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика