So’nggi yangiliklar

10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  11 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1

O'zbekiston delegaciyasi Madriddagi Butunjahon futbol sammitida ishtirok etmoqda Yangiliklar

O'zbekiston delegaciyasi Madriddagi Butunjahon futbol sammitida ishtirok etmoqda

Teglar :  PFLO'FA
Ispaniyaning Madrid shahri 24-25 sentyabr kunlari Butunjahon futbol sammitiga mezbonlik qilmoqda.

Butun Jahonning eng kuchli klublari, futbol ligalari, Xalqaro federaciyalar va associaciyalar, dunyoga mashhur OAV hamda kompaniyalarning 3000dan ziyod vakillari ishtirok etayotgan ushbu sammit Madridning eng mashhur "Goyya forum" teatrida o'tkazilmoqda.

Butunjahon futbol sammiti joriy yil hisobidan uchinchisidir. Sammitda O'zbekiston professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov boshchiligidagi delegaciya ishtirok etmoqda. Butunjahon futbol sammiti direktori Marian Otamendi va La liga rahbariyati Markaziy Osiyodan faqatgina O'zbekiston delegaciyasini ushbu yig'ilishga taklif etgani diqqatga sazovor.

O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning O'zbekistonda futbolni rivojlantirish strategiyasiga binoan delegaciyaning o'zbekistonlik vakillariga dunyoning futboli rivojlangan uyushmalari hamda ligalari bilan yaqindan hamkorlik o'rnatish hamda ulardan tajriba o'rganish vazifasi qo'yilgan.

Bugun sammitning birinchi kunida yig'ilishni Butunjahon futbol sammiti direktori Marian Otamendi ochib berdi. SHundan so'ng minbarga rejaga asosan birin-ketin obro'li, futbol dunyosida o'z o'rniga ega insonlar taklif etila boshlandi.

Xususan yig'ilishda "Yuventus" futbol klubi hamda Evropa klublari associaciyasi prezidenti Andrea Anelli so'zga chiqib, futbol jamoatchiligining diqqatini futboljdagi globallashuv jarayoniga qaratdi.

Sammitda futbol elitasini tashkil etuvchi associaciyalar va ligalardan tashqari, jahonda etakchi bo'lgan Microsoft, London Exchange, Facebook kompaniyalarining vakillari ham ishtirok etishmoqda.

Sammit doirasida O'zbekiston delegaciyasi dunyoning rivojlangan futbol uyushmalari va tashkilotlari bilan marketing, futbol akademiyalari, La liga sport dasturlari, OAV va muxlislar bilan ishlash hamda futbol rivojiga oid boshqa masalalar yuzasidan muzokaralar o'tkazadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика