So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  154 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  134 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. "Rubin" va "Zomin" keyingi bosqichda Yangiliklar

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. "Rubin" va "Zomin" keyingi bosqichda

Kecha O'zbekiston Coca-Cola kubogi ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

 “G'ijduvon” jamoasi o'z maydonida “Rubin”ga qarshi bahs olib bordi va ekstra taymda kiritilgan gol tufayli 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Parallel ravishda kechgan “CHig'atoy” – “Zomin” qarama-qarshiligida esa mehmonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, saralash AGMK klubining 7 aprel kungi xalqaro o'yini natijasidan kelib chiqib, ikki yoki uch bosqichda tashkil etiladi.

AGMK 7 aprel kuni xalqaro o'yinda zafar quchsa, III bosqich bekor qilinadi va II bosqichning ikki g'olib klublari (“Zomin” va “Rubin”) — “Paxtakor” va AGMK o'rnida guruh bosqichida qatnashadi.

AGMK 7 aprel kuni mag'lub bo'lsa, II bosqichning ikki g'olibi 13-aprel kuni O'zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichining bitta yo'llanmasi uchun o'zaro maydonga chiqadi.

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. Ikkinchi saralash bosqichi

4 aprel, yakshanba

CHIG'ATOY – ZOMIN 1:3 (0:2)

Toshkent. RFSMOOM. 70 tomoshabin

Hakamlar: Sardor Ismatullaev, Sardor Mirodilov, Husniddin Bahodirov, Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Ravshan Mavlyanov

Gollar: Muhammad Odilov, 17 (0:1), Muhammad Odilov, 21 (0:2), Muhammad Odilov, 48 (0:3), Murod Komilov, 90+2 (1:3)

“CHig'atoy”: Dilshod Muratov, Doniyor Valiev, Samandar Sodiqov (Amir Islamov, 75), Mustafo Abdumannopov (Murod Komilov, 46), Saydulla Xayrullaev (Ravshan Xursanov, 46), Xislat Xalilov, Jamshid Allanazarov, Jahongir Isroilov, Quddusbek Azamov, Mustafo CHabanov, SHerzod Esanov.

“Zomin”: Fazliddin Isomiddinov, Mirjalol Suyunov, Doniyor Umarov, Otabek Axmatjonov, Muhammad Odilov (Mirsulton G'aniqulov, 77), Muhiddin Odilov, Abdumutal Tursunqulov, Begzod Ahmedov (Lutfullo Fayzullaev, 72), Bahodir Daminov, SHuhrat Sadirdinov (Doston Berdiqulov, 59), Eldor Karimov.

Ogohlantirishlar: Mutsafo Abdumannopov, 25, Mustafo CHabanov, 74, Xislat Xalilov, 81 – yo'q.


G'IJDUVON – RUBIN 0:1 (0:0, 0:0, 0:1)

Buxoro. FMM SHofirkon.

Hakamlar: To'rabek Suyunov, Xayrulla Normatov, Bexruz Berdibekov, Ilya Ilin

Nazoratchi: Ro'zim Davletmuradov

Komissar: Vladimir Nazarov

Gol: Abduloboriy Vosidjonov, 99 (0:1)

“G'ijduvon”: Javohir Komilov, Ramis Begishev, Farrux Jo'raev, Durbek Kamolov (Said Ashurov, 68, SHavkat Rahmatov, 109), Akbar Murodov, Dilshod Xushbaqov, Islom Ismoilov, Sunnat Rustamov, Jafar Ismoilov (Asiljon Mansurov, 73), Sanjar Ahmedov (Bekzod Fayziev, 88), Maqsudjon Mahmudov.

“Rubin”: Asilbek Amanov, Humoyunmirzo Ismoilov, SHahboz Tojiev, SHerzod Jalilov, Husan Yo'ldoshev, Mirzohid Qo'chqorov (Abdulvosit Vositjonov, 66), Alisher Azizov (Abdulboriy Vositjonov, 83), Zafar Tursunov (Muhammadaziz Obidjonov, 57), Doniyor Inamov (Ulug'bek Kazakov, 96), Akram Baxritdinov, Farruh Sodiqov.

Ogohlantirishlar: Maqsudjon Mahmudov, 18, Akbar Murodov, 76, Dilshod Xushbaqov, 80 – Mirzohid Qo'chqorov, 64, Abdulboriy Vositjonov, 104.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика