So’nggi yangiliklar

08:01Пролига. Бугун Қорақалпоғистон дербиси бор  0 07:27Суперлига. Бугун учта учрашув бор  0 07:15Суперлига. "Нефтчи" бир киши кам бўлиб, "Насаф" устидан ғалаба қозонди. "Динамо" эса "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  2 01:58"Ман Сити" Макатини 20+ млн фунтга сотиши мумкин. "Ноттингем" билан келишув сўнгги босқичда  0 01:32"Эвертон" Грилишни ижарадан кейин 50 млн фунтга сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади  0 01:01"Ман Сити" Савионинг кетиши фонида Симонснинг агенти билан алоқада бўлиб турибди. "Челси" ҳам "Лейпциг" хавбеки бўйича музокаралар олиб бормоқда  1 00:49"Тракторсози" — Эрон Суперкубоги соҳиби! Ҳамробеков жамоаси соврин учун курашда Машариповсиз ўйнаган "Истиқлол"ни таслим этди  2 00:44Вадим Абрамов: "Футболни тўғри ўйнаш керак, шунда ҳаммаси жойига тушади"  12 00:34Камолиддин Тожиев: "Барча ўйинларда охиригача курашяпмиз"  6 00:31"Комо" ПСЖ футболчисига қизиқмоқда  0 23:54Виталий Левченко: "Олдинга ҳаракат қилишда давом этамиз"  7 23:15Рўзиқул Бердиев: "Афсуски, натижа биз кутгандек бўлмади"  15 23:05"Ливерпуль" "Брентфорд" етакчисига даъвогар  0 22:27"Атлетико" 22+4 млн евро эвазига италиялик футболчини харид қилди  0 22:02Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Динамо" ва "Пахтакор" муросага келди  76

O'zbekiston Coca Cola kubogi qurasining formati aniq bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston Coca Cola kubogi qurasining formati aniq bo'ldi

Ertaga - 14 noyabr kuni O'zbekiston Coca Cola kubogiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Qura “Sport” telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri efirga olib chiqiladi. Telekanal bilan kelishuvga ko'ra, soat 17:00 dan boshlab O'zPFL rahbari futbol muxlislari tomonidan beriladigan savollarga jonli efirda javob qaytaradi. Qura tashlash esa savol-javobdan keyin bo'lib o'tadi.

O'zPFL mag'lub jamoa musobaqa bilan xayrlashadigan format masalasida klublar bilan kelishib olgandi. SHu tariqa qura qanday formatda o'tishi masalasi ochiq qolgandi. Yani, vaqt qisqa ekanidan kelib chiqib, shuningdek, klublar yo'l chiptalari, mehmonxona masalalarini hal qilishlari lozimligi inobatga olinib, O'zPFL birinchi variant sifatida finalgacha bo'lgan ehtimoliy raqiblarni birgina qura yordamida aniqlash masalasini o'rtaga tashladi (1-rasm).


Qo'shimchasiga, har bir bosqich uchun alohida qura masalasi keltirib o'tildi. O'zPFL so'nggi ikki mavsumdan buyon mana shu formatda kubok bellashuvlarini o'tkazdi va bu tabiiyki, turnirga bo'lgan qiziqishni ancha oshdi. Bunda chorak finalga yo'l olgan jamoalar uchun alohida, shuningdek, yarim finalga yo'l olgan klublar uchun yana alohida qura tashlab beriladi (2-rasm).


16 klub orasidan “Qizilqum”, “Andijon”, “Paxtakor” va AGMK birinchi variantni afzal bildi. Biryo'la 10 klub — “Nasaf”, “Qo'qon-1912”, “Lokomotiv”, “Buxoro”, “Navbahor”, “So'g'diyona”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Oqtepa” va “SHo'rtan” ikkinchi variantni maqul ko'rdi. “Mashal” esa betaraf bo'ldi.

SHu tariqa O'zPFL ikkinchi variantni tanlab oldi. Rejaga ko'ra, O'zbekiston Coca Cola kubogining 1/8 final bosqichi 7-8 dekabr kunlari o'tkaziladi. ¼ final uchrashuvlari 12 dekabrda, ½ final 16 dekabrda va final uchrashuvi 20 dekabrda bo'lib o'tadi. Dastlabki bosqichda 8 ta uchrashuv bo'lib o'tishi, ularning iloji boricha ko'prog'ini translyaciya qilish imkoni bo'lishidan kelib chiqib, uchrashuvlar ikki kunga belgilandi. Bunda geografiyasi nisbatan uzoqroq bo'lgan jamoalar birinchi bo'lib maydonga tushishi masalasi inobatga olinadi, boisi, ularda tiklanish uchun kamroq imkoniyat bo'ladi. SHuningdek, “Sport” kanali bilan o'zaro fikr almashilib, vodiy yoki voha jamoalarining iloji boricha bir kunda to'p surmasligi masalasiga ham etibor qaratilishi mumkin.

Jamoalarda kelasi uchrashuvlarga tayyorlanish imkoniyati ko'proq bo'lishi uchun, O'zPFL qura marosimini o'yinlar yakuniga etishi bilan tashkil qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика