O'zbekiston Coca-cola kubogi. CHorak final uchun 25 avgust kuni qura tashlanadi
16 avg 2022 11:31
Yangiliklar


O'zbekiston Coca-cola kubogi. CHorak final uchun 25 avgust kuni qura tashlanadi
21-25 avgust kunlari O'zbekiston Coca-cola kubogining 1/8 final bellashuvlari bo'lib o'tadi.
CHorak final uchrashuvlari esa 2-3 sentyabr kunlarida o'tishi rejalashtirilgan.
CHorak final juftliklari masalasiga 25 avgust kuni oydinlik kiritiladi. SHu kuni soat 19:00 da kubok doirasidagi AGMK — “Metallurg” o'yini bo'lib o'tadi. “Sport” telekanali bilan kelishuv asosida mazkur bellashuvning tanaffusi vaqtida ¼ finalga qura tashlanadi va u jonli efirga uzatiladi.
2-3 sentyabr kungi bellashuvlar 17:00 hamda 20:00 da start olishi belgilangan. Juftliklar shakllangach, qaysi o'yin qaysi vaqtda va kunda bo'lib o'tishiga oydinlik kirtiladi.
Malumot uchun, O'zbekiston Coca-cola kubogining final uchrashuvi 30 oktyabr kuni Buxoroda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar