So’nggi yangiliklar

20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  0 19:53Суперлига. "Динамо" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  6 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 19:01Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Жайхун". Таркиблар маълум  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  23 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  1 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  3 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  6 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  12 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. “Buxoro” - “Dinamo” uchrashuvi 20 aprel kuni bo'lib o'tadi Yangiliklar

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. “Buxoro” - “Dinamo” uchrashuvi 20 aprel kuni bo'lib o'tadi

O'zbekiston Coca-Cola kubogi V guruhidan o'rin olgan “Buxoro” - “Dinamo” uchrashuvi avvaldan belgilangani kabi 21 aprelda emas, 20 aprelda o'tkaziladi.

Xabaringiz bor, “Istiqlol” futbol klubi mavsumni davom ettira olmasligi malum bo'lgach, O'zPFL kubokda uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan ikki jamoa ishtirokida yana bir saralash uchrashuvini o'tkazdi va unda “G'ijduvon” klubi Toshkentda “CHig'atoy”ni mag'lub etib, guruh bosqichining so'nggi ishtirokchisiga aylandi. O'z-o'zidan “Buxoro” va “G'ijduvon” klublari bir guruhdan joy oldi.

Joriy mavsumga qadar “Buxoro” klubining asosiy stadioni o'yinlarga tayyor bo'lmagani uchun, jamoa uy uchrashuvlarini G'ijduvondagi stadionda o'tkazadigan bo'ldi. Saralash natijasidan kelib chiqib, V guruhining ilk turida Buxoro viloyatining ikki klubi bir kunda uy uchrashuvini o'tkazishiga to'g'ri keladi. SHuni hisobga olgan holda, maydon egasi bo'lgan “G'ijduvon” klubi “Surxon”ga qarshi 21 aprel kuni maydonga chiqadi. Bunda “Buxoro” va “Dinamo” klublarining Pro liga so'nggi turida dam olganliklari ham inobatga olingan.

Guruh bosqichining qolgan uchrashuvlari avvaldan belgilangan vaqtlarda o'tkaziladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика