

11 ta jamoa final uchrashuvini o'tkazish uchun ariza bergandi - "Dinamo", "AGMK, "Bunyodkor", "Paxtakor", "Lokomotiv", "Surxon", "Nasaf", "Sho'rtan", "Qizilqum", "Turon" va "Navbahor".
Biroq, “Surxon" va "Sho'rtan"ning uy stadioni reglament talablariga javob bermagani uchun ro'yxatdan tushib qoldi.
Qur'a natijasida 2021 yilgi kubok finaliga "Dinamo" stadioni mezbonlik qiladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda O'zbekiston Superkubogi uchun bahs ham aynan Samarqandda o'tgan edi.




