O'zbekiston Coca Cola Kubogi. 1/8 finalga qura tashlandi
14 noy 2020 19:47
Yangiliklar
O'zbekiston Coca Cola Kubogi. 1/8 finalga qura tashlandi
O'zbekiston Coca Cola Kubogi. 1/8 final
1. "Lokomotiv" - AGMK
2. "Qo'qon-1912" - "Surxon"
3. "Buxoro" - "Metallurg"
4. "Qizilqum" - "Bunyodkor"
5. "Paxtakor" - "So'g'diyona"
6. "Andijon" - "Nasaf"
7. "Oq-tepa" - "Navbahor"
8. "Mashal" - "SHo'rtan"

Rejaga ko'ra, O'zbekiston Coca Cola kubogining 1/8 final bosqichi 7-8 dekabr kunlari o'tkaziladi. ¼ final uchrashuvlari 12 dekabrda, ½ final 16 dekabrda va final uchrashuvi 20 dekabrda bo'lib o'tadi. Dastlabki bosqichda 8 ta uchrashuv bo'lib o'tishi, ularning iloji boricha ko'prog'ini translyaciya qilish imkoni bo'lishidan kelib chiqib, uchrashuvlar ikki kunga belgilandi. Bunda geografiyasi nisbatan uzoqroq bo'lgan jamoalar birinchi bo'lib maydonga tushishi masalasi inobatga olinadi, boisi, ularda tiklanish uchun kamroq imkoniyat bo'ladi. SHuningdek, “Sport” kanali bilan o'zaro fikr almashilib, vodiy yoki voha jamoalarining iloji boricha bir kunda to'p surmasligi masalasiga ham etibor qaratilishi mumkin.
Jamoalarda kelasi uchrashuvlarga tayyorlanish imkoniyati ko'proq bo'lishi uchun, O'zPFL qura marosimini o'yinlar yakuniga etishi bilan tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar