O'zbekiston Coca-Cola kubogi. 1/8 final qurasi sanasi malum
22 apr 2022 14:54
Yangiliklar


O'zbekiston Coca-Cola kubogi. 1/8 final qurasi sanasi malum
O'zbekiston Professional futbol ligasi mazkur bosqich uchrashuvlarini 11-14 avgust sanalariga rejalashtirgan. 23-24 avgust kunlarida ¼ final, 15-16 oktyabrda esa ½ final uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Buxoro shahridagi final uchrashuvi 29 oktyabrga reja qilingan.
Har gal bo'lgani kabi 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi “Sport” telekanali bilan kelishuv asosida jonli efirga olib chiqiladi. 28 aprel — payshanba kuni soat 18:00 da telekanal “Bizning futbol” dasturini efirga uzatadi. Mana shu loyiha fonida O'zbekiston Coca-Cola kubogining 1/8 final uchrashuvlariga qura tashlanadi.
Malumot uchun, 1/8 final qurasi oldidan jamoalar 2 ta savatga ajratib olinadi va bir savatdagi raqiblar o'zaro raqib bo'lmaydi. 1-savatdan o'tgan yilgi chempion hamda kubok sohibi, shuningdek, guruh bosqichi peshqadamlari joy olgan. Bellashuvlar qaysi jamoaning maydonida o'tishi masalasiga qura yordamida aniqlik kiritib olinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar