O'zbekiston chempionatida samaradorlik tushib ketmoqda
09 dek 2018 21:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/466427_original.jpg)
![](/upload/storage/466427_220.jpg)
O'zbekiston chempionatida samaradorlik tushib ketmoqda
Futbolda eng asosiy narsa bu gol. Gol urmasang g'alaba qozona olmaysan.
Biz o'quvchilarimiz etiborini so'nggi olti yil chempionatimizda qancha gol urilganiga qaratmoqchimiz.
Quyidagi jadvalga qarasangiz oliy ligada oxirgi olti yilda gol urish kamayib ketayotganiga guvohi bo'lishingiz mumkin. Bu yil bo'lib o'tgan 192ta o'yinda darvozalarga jami 449ta gol urildi. Har bir o'yinda o'rtacha 2,34tadan gol to'g'ri keladi.
So'nggi 6 yilda eng yuqori ko'rsatkich 2013 yilgi mavsumda kuzatilgandi. O'shanda har bir uchrashuvga o'rtacha 2,99tadan gol to'g'ri kelgandi.
Yil | O'yin | Jami gol | O'rtacha gol |
2013 | 182 | 544 | 2,99 |
2014 | 182 | 493 | 2,71 |
2015 | 240 | 665 | 2,77 |
2016 | 240 | 644 | 2,68 |
2017 | 240 | 599 | 2,50 |
2018 | 192 | 449 | 2,34 |
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar